Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Futbolning fidoyi faylasufi, to‘p afsungari – Ronaldinyo

Futbolning fidoyi faylasufi, to‘p afsungari – Ronaldinyo

Baho:
+ | -

Afsus, ming afsuslar bo‘lsinkim, insoniy fazilatlari bilan tengi yo‘q bo‘lgan Ronaldinyodek futbol faylasufiga o‘z faoliyatini fantastik tarzda yakunlash nasib etmadi.

Aslida, bundanda ko‘prog‘iga munosib futbolchi edi. Mohir hujumchi ikki yil ishsiz qolib, taklif kutdi. Hyech kimdan sado chiqmagach, suyukli kasbi bilan rasman xayrlashishga majbur bo‘ldi.

Xayriyatki, futbolni hayotining asl mazmuni deb bilgan afsungar stadionlarga tashrif buyurgan va teleekranlar qarshisida o‘tirgan millionlab tomoshabinlarni futbol xastaligiga mubtalo qildi.

Murabbiy va jamoadoshlarining o‘rinli hamda o‘rinsiz tanbehlarini ham, raqiblarining ko‘polliklariyu, hakamlarning jazolarini ham samimiy tabassum bilan, xuddi mukofotdek qabul qiladigan beozor va yoqimtoy futbolchini unutib bo‘ladimi, axir?!

Moddiy manfaatlardan xoli bo‘lgan futbolda Ronaldinyoni nafaqat fantastik fint­lari va afsungar zarbalari, balki o‘z kasbining hokisor fidoyisi ekanligi uchun sevishadi.

Hujumchi hayotidan olingan bir qator voqealar bilan tanishib chiqqach, biz shunga amin bo‘ldik. O‘ylaymizki, maqola sizga ham braziliyalik futbol afsonasining yangi fazilatlarini kashf etishingizda yordam beradi.

1. Akaning namunasi

Futbolga muhabbat qo‘yishida akasining ibrat bo‘lganligini Roni juda ko‘p marta ta’kidlagan. Roberto Gaushuning yuksak texnikasi va tezligi ukasining murg‘ak qalbini rom etgandi. Ko‘pincha u hovliga ukasini olib chiqar va to‘pni yerga tushirmasdan necha marta zarba berishini sanab turishni iltimos qilardi.

Mashg‘ulot soatlarga cho‘zilib ketardi. Afsuski, tizzasidan jarohatlangan Roberto yoshlar terma jamoasidan nariga o‘tolmadi. Shu bois butun oila uchun boshpana vazifasini o‘tagan «Gremio» sovg‘a qilgan uy uning faoliyatidagi eng katta sovrin bo‘lib qoldi. Roni sakkiz yoshga chiqqanida otasi yurak xuruji tufayli olamdan o‘tdi.

Roni uni bir kun bo‘lsada, unutmadi: «Otam hayot bo‘lganida qanday futbolchi bo‘lib yetishganimni ko‘rishini istardim». U doimo o‘z do‘stlariga shunday derdi: «Oilamizdagi eng zo‘r futbolchi Roberto, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, Ronaldinyo! Vaqti kelib, u jahon chempioni bo‘ladi!».

2. Bir o‘yinda 23ta gol!

13 yoshida Ronini ilk marta televizor orqali ko‘rsatishdi. Futzal bellashuvi boshlanishi arafasida saf tortgan jamoadoshlari orasida qo‘ng‘irsoch bolakay maftunkor tabassumi bilan yaqqol ajralib turardi. Asosiy tomosha hakam hushtagi yangrashi bilan boshlandi.

Roni o‘z raqiblarini osonlik bilan dog‘da qoldirar, goh to‘pni ularning oyoqlari orasidan, goh boshlari ustidan oshirib darvozaga intilardi. Ertasiga matbuotda qaysidir bolalar jamoasi boshqa bir jamoani 23:0 hisobi bilan mag‘lub etgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Maydondagi o‘yinchilar sonidan ikki baravar ko‘p bo‘lgan bu gollarni bir futbolchi - Ronaldinyo amalga oshirgandi! «Men butun dunyo taniydigan futbolchi bo‘lishni orzu qilardim. Doimo son-sanoqsiz muxlislarimga dastxat ulashayotganim, fotokameralarning shiqirlashi ko‘z oldimda gavdalanardi.

Bir o‘yinda 23ta gol urishning eng gashtli jihati nima ekanini bilasizmi? Men bitta o‘yin bilan mashhurlikka erishdim», - degandi Roni keyinchalik.

3. Og‘ir damlarda do‘stlarga yordam berish

Bolakay futbolga shunchalik berilib ketdiki, maktabda tahsil olishga vaqt topolmay qoldi. Buning o‘rniga plyaj futboli va futzal musobaqalarida maktab sharafini himoya qildi.

Uchrashuvlardan keyin to‘ppa-to‘g‘ri uyga yo‘l olar va hovlida kuchugi bilan mashq qilardi: «To‘g‘ri, kuchugim texnika bobida maqtana olmasdi. Lekin charchamaslik bobida mendan ustun edi», - deya xotirlaydi hujumchi.

Roni qisqa vaqt ichida «Gremio»ning yetakchi o‘yinchisiga aylangan bo‘lsada, maoshi jamoadoshlarinikidan ancha kam edi. Shunga qaramay, do‘stlari uchun hech narsasini ayamasdi.

Bir kuni jamoadoshining qarzga botib qolganidan xabar topgan Roni yig‘ib yurgan mablag‘ini unga sarflagandi. «PSJ» safidan joy olish, terma jamoa bilan JCH-2002da shohsupaga ko‘tarilish va Parij grandining eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga sazovor bo‘lish orqali Ronaldinyo kelajagi porloq iqtidor sohibi maqomidan chinakam professional darajasiga ko‘tarildi.

4. «MYU»ga o‘tishi mumkin edi

Ronining saxiy qalb sohibi ekanligi u yulduz maqomiga ega bo‘lganidan keyin ma’lum bo‘ldi. «PSJ» tarkibidagi so‘nggi bellashuv yakuniga yetgach, hujumchi tribunada nogironlar aravachasida o‘tirgan muxlis oldiga keldi va futbolkasini unga sovg‘a qildi.

Hech kimni befarq qoldirmaydigan bu videolavha hamon YouTube xazinasini bezab turibdi. Qizig‘i shundaki, bir paytlari Roni Parijdan Kataloniyaga emas, Manchesterga yo‘l olishi ham mumkin edi. Fergyuson vakillari muzokara uchun Fransiya poytaxtiga yetib kelishgandi.

Biroq so‘nggi lahzalarda «Barselona»dan kelgan taklif masalaga uzi-kesil nuqta qo‘ydi: «O‘shanda «MYU» o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turgandi. Menga Sandro Rosel qo‘ng‘iroqqilgach, shubhaga o‘rin qolmadi. Men «Barsa»dagi buyuk «R»lar sulolasini davom ettirishga ahd qildim, tushunyapsizmi? Ronaldo, Rivaldo va Romariodan keyin Ronaldinyo!».

6. Muhimi - o‘yin

Ronaldinyo yashil maydonda boshqalardan ajralib turardi. Gap uning tasavvurga sig‘ishi qiyin bo‘lgan fantastik fintlari yoki maftunkor tabassumida emas.

U futbolga shunchalik oshiqi-beqaror ediki, to‘p bilan o‘zidan bo‘lak boshqa narsani tamoman o‘ylamasdi. Atrofida yuz berayotgan voqealarning unga daxli yo‘q edi, go‘yo. Hatto hakam futbolchilar o‘rtasidagi qoida buzishlarni muhokama qilayotgan va ularni kartochkalar bilan jazolayotgan lahzalarda ham Roni to‘p bilan turli tryuklarni namoyish etib, muxlislarni xushnud etardi.

Mana, bir misol, maydon chetidagi bolakaylardan biri maydonga ikki to‘pni uloqtirdi. Ko‘pchilik futbolchilar bunday paytda to‘pni autga tepib yuboradilar. Roni esa aksincha, to‘p yo‘llagan bolakayga samimiy tabassum sovg‘a qildi. To‘pni chap oyog‘i bilan yerdan ko‘tardi, o‘ng oyog‘i bilan ilib olib, bir-ikkita fint namoyish etdi.

Keyin tovonining orqa tomoni bilan bolakay tomon yo‘lladi. Bir necha soniyalik ana shu tomoshada uning futbolga va muxlislarga bo‘lgan cheksiz muhabbati to‘la-to‘kis namoyon bo‘lgandi. Hatto o‘yindan chetlatishdek oliy jazoni ham Roni tabassum bilan qabul qilardi.

AQSHdagi tijorat turniri doirasida bo‘lib o‘tgan «Inter»-«Milan» qarama-qarshiligida amerikalik referi unga qizil kartochka ko‘rsatdi. Hakamning nohaqligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsada, hujumchi churq etmagandi.

«Agarda 4-5 soat davomida to‘p sursangiz, hadeb gol uraverish joningizga tegadi. Men to‘pni shundoqqina darvozaga yo‘llash mumkin bo‘lgan vaziyatlarda ham avval raqibni aldab, keyin gol urardim», - deydi hujumchi.

7. Messi bilan do‘stligi

Ronining ta’kidlashicha, «Barselona» asosiy tarkib o‘yinchilarining qat’iy talabi bilan Frank Raykaard Messini o‘rinbosarlar tarkibidan chaqirishga majbur bo‘lgan.

Leoning o‘zi voqeani shunday xotirlaydi: «Echinish xonasida «Barselona-V»ning a’zolari alohida o‘tirishardi. Bir kuni Ronaldinyo yonimga kelib, uning yonidagi shkafni egallashimni aytdi. Bu men uchun katta sharaf edi». Shundan keyin Roni argentinalik kasbdoshini qo‘llay boshladi.

Maydonda doimo to‘pni uzatish uchun Messini qidirar, golni birgalikda nishonlardi. «Barsa» libosidagi ilk golini Leo aynan Ronining samarali uzatmasi evaziga amalga oshirgandi. «Milan»ga otlangan braziliyalik afsungar o‘zining «10» raqamini Messiga qoldirdi.

8. «Bernabeu»dagi olqishlar

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:46, 05.02.2018.
O'qildi: 8357 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.