Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Sotib olmoqchimisiz, marhamat – Messi - 700 million, Pike - 500 million…

Sotib olmoqchimisiz, marhamat – Messi - 700 million, Pike - 500 million…

Baho:
+ | -1

Ha, «Barselona» endilikda o‘z yulduzlarini avaylab-asrash choralarini ko‘rmoqda.

Neymar «PSJ»ga yo‘l olganidan so‘ng Kataloniya grandi rahbariyati futbolchilarning shartnomalarida ko‘rsatilgan tovon puli miqdorini keskin ravishda oshirdi, oshirmoqda.

PIKE VA ROBERTO UCHUN MILLIARD YEVRO

«Barselona» qishki transferlar payti Filippe Koutinyo (120 million yevro + 40 million bonus shaklida) va Yerri Mina (11,8 million yevro)ni sotib oldi.

Klub shuning barobarida o‘yinchilar bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar muddatini uzaytirishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Aytish mumkinki, rahbariyat bunga asosiy vazifa sifatida qarab, shu masalada faol ish olib bormoqda. Natijada tarkibdagi futbolchilar birin-ketin yangi kelishuv ostiga imzo chekishmoqda.

Xususan, yanvarda Jerar Pike va Serxi Roberto bilan o‘rtadagi bitim yangilandi. Har ikkisi 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ko‘ndi. E’tiborlisi, ular uchun belgilangan tovon puli miqdori teng - 500 (ha-ha, besh yuz) million yevro.

Yaqin orada Samuel Yumtiti shartnomasi ham yangilansa kerak.  Zero, ayni payt uning kelishuvida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori juda kam - atigi 60 million yevro.

«ANTISHAYX CHORALARI»

Braziliyalik yulduz bilan bog‘liq avgust voqealari kataloniyaliklarga juda og‘ir botgan ko‘rinadi. Ha, klub Parij tomon «qochgan» Neymar evaziga misli ko‘rilmagan darajada ko‘p pul oldi - 222 million yevro bir necha istiqbolli transferni amalga oshirish imkoniyatini berdi.

Biroq megayulduzning ketgani katta yo‘qotish sifatida baholanmoqda, baribir. Qolaversa, bunday holat «Barsa» nufuziga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham, jamoa rahbarlari tovon puli masalasiga jiddiy yondasha boshladilar.

Aytishlaricha, Lionel Messi bilan noyabr oyida tuzilgan yangi shartnoma yozdayoq tayyorlangan va unda ko‘rsatilgan qo‘yib yuborish summasi 300 million yevroga teng edi. Biroq keyin Neymarning «buyuk og‘ishi» kuzatilgach, klub prezidenti Xosep Bartomeu zudlik bilan kelishuvni qayta ko‘rib chiqqan hamda tovon puli miqdorini birdaniga 700 million yevroga oshirgan.

Xullas, endi argentinalikning shartnomasida qayd etilgan raqamlar har qanday saxiy xaridorni ham jiddiy o‘ylantirib qo‘yishi tayin. Ispaniyada «Barselona» prezidentining ushbu  taktikasini «Antishayx choralari» sifatida baholashmoqda.

Deylik, 2016 yilning yozida jamoa tarkibiga qo‘shilgan futbolchilar uchun belgilangan tovon puli miqdori 100 million yevrodan oshmagandi.

Andre Gomesh va Pako Alkaser bilan kelishuvlar bunga misol. Lekin endi umumiy qoidalar o‘zgardi va «Barselona»ning yangi yulduzlari - Usmon Dembele hamda Filippe Koutinyo o‘z shartnomalarining tovon puli bandida katta raqamlarni ko‘rishdi - 400 million yevro.

TOVON PULI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:33, 06.02.2018.
O'qildi: 9004 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.