Hozircha «Yuventus» u qadar yuqori ko‘rsatkichlar qayd etmayapti, ammo qishki transferlar oynasi ochilganidan so‘ng kuzatilgan voqealar Italiyada menejment borasida turinliklarga teng keladigani yo‘qligini isbotladi.
«Keksa sinyora» Emre Janning «Liverpul»dagi shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolganda u bilan kelishish yo‘lida dadid qadamlar tashladi.
Qizig‘i, «Yuve» so‘nggi mavsumlarda o‘yinchi tanlash borasida ibratga arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda.
2009-2016 yillar mobaynida «Yuventus» Fabio Kannavaro, Andrea Pirlo, Pol Pogba, Fernando Lyorente, Kingsli Koman, Sami Xedira hamda Dani Alveslar bilan bitim tuzdi. E’tiborlisi, Italiyaning amaldagi chempioni ushbu futbolchilar uchun bir sent ham to‘lamadi.
Keyinchalik Kannavaro, Pirlo, Lyorente va Alves erkin agent sifatida klubni tark etgan bo‘lsalar, Pogba hamda Koman birgalikda «Yuve» g‘aznasini 136 million yevroga boyitishdi. Xedira esa hamon «oq-qoralar» sharafini himoya qilmoqda. Ammo bu hol uzoq davom etmasa kerak.
Roppa-rosa yarim yildan so‘ng Emre Janning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi va «keksa sinyora»ning daho menejerlarida mo‘may foyda evaziga Sami Xedirani biror jamoaga joylashtirish imkoniyati tug‘iladi.
Emre Jan - Sami Xediraning yangilangan ko‘rinishi. Farqi shundaki, futbol tizimi «Liverpul» yarim himoyachisidagi qator kamchiliklarni to‘g‘rilagan.
Birinchidan, Jan jismonan kuchli. Ikkinchidan, jussasi katta bo‘lsada (bo‘yi - 189 sm., vazni - 82 kg.), u raqibi bilan tezkorlikda ham bellasha oladi.
Uchinchidan, Emre sherigiga samarali uzatmalar berishda qiynalmaydi. To‘rtinchidan, uzoq masofadan yo‘llaydigan kuchli va aniq zarbalari bilan raqib darvozabonlarini dog‘da qoldiradi.
Beshinchidan, kamdan-kam hollarda tayanch chizig‘ida to‘p suradi, ko‘pincha «boks-tu-boks» pozisiyasini tanlaydi. To‘g‘ri, Jordan Xenderson yo‘qligida Jan tayanch yarim himoyasidagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan ham aslo cho‘chimaydi.
Lekin bir muammo bor. Emre Germaniya chempionatida kuchli futbolchi ekanini ko‘rsatdi. APLda esa barqarorlikni yo‘qotdi. Jahonning eng kuchli ligasi undan chidamkorlikni, maydonda o‘ylab ish ko‘rishni talab qildi. Futbolchi esa aksincha, oddiylik va odatiy xatolar bilan ajralib turdi.
- Emreni yaxshi bilaman, u yosh, qo‘shimchasiga kuchli, iqtidorli. Uning yoshini inobatga olsak, o‘sish va ko‘p narsalarni o‘rganishi uchun vaqt bor. «Yuventus» vakillarining o‘rnida bo‘lganimda, bu futbolchini sotib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasdim, - deydi Sami Xedira vatandoshi haqida iliq fikr bildirarkan.
Darhaqiqat, bu Italiya chempionati uchun ideal transferga aylanadi. Jismoniy quvvat va tezlik borasida APLdan ortda qolayotgan liga raqib hujumini buzadigan ajoyib ijodkorga ega bo‘ladi. Eng qizig‘i, ushbu ko‘nikmalar Jan Italiyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng yuzaga chiqadi.
«A» seriya Lukas Leyvani o‘zligiga qaytardi, Chiro Immobile va Luis Albertodagi to‘purarlik qobiliyatini namoyon qildi, Susoning yuqori darajaga ko‘tarilishida asqotdi.
Emreda ham xuddi shu hol takrorlanadi. Angliyada «Liverpul» uchun o‘ta muhim shaxsga aylanmagan bo‘lsa, Apennindagi ishqibozlar uni boshlarida ko‘tarib yurishga tayyor turishadi.
Germaniyalik yarim himoyachiga «Yuventus»da 5 mln. yevroga teng yillik maosh va’da qilingan. Bundan ko‘pini Turinda faqat Paulo Dibala va Gonsalo Iguain olishadi.
Janga yirik gonorar tayinlab, shartnomasiga mo‘maygina mukofot puli qo‘shish orqali (aytishlaricha, Emre «Yuve» g‘alaba qozongan o‘yinlar, urgan gollari va samarali uzatmalari uchun yaxshigina bonus olarkan) «keksa sinyora» menejerlari yana bir muhim strategik yurish qilishdi - tekin va sifatli futbolchi uchun kurashdagi asosiy raqobatchilarini chetga surishdi.
Angliya OAVning xabar berishicha, DAVOMI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.