Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Kurtua: "La ligaga qaytish? Mening yuragim shundoq ham Madridda"

Kurtua: "La ligaga qaytish? Mening yuragim shundoq ham Madridda"

Baho:
+ | -

"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, belgiyalik darvozabonga "Real" qiziqmoqda.

"Ispaniyaga doimiy safarlarim "Real" bilan bog‘liqmi? Bu ko‘proq oilaviy holatga bog‘liq. U yerda mening bolalarim yashaydi. Qizim bilan har kuni Facetime orqali gaplashaman, ammo o‘g‘lim hali juda yosh. Shuning uchun iloji boricha Madridga oshiqaman. Mening yuragim u yerda qolgan.

La ligaga qaytishim qanchalik haqiqat? Buning uchun "Real" "Chelsi" rahbariyati bilan kelishishi kerak. Bir kuni Madridga qaytishimni bilaman, bu shaharni sevaman. U men katta bo‘lgan shahar. U yerdan ketishim qiyin bo‘lgan.

Agar haqiqatan ham "Real"ga kerak bo‘lsam, qaror chiqarishimda oilaviy hayotim muhim rol o‘ynaydi. Ammo ayni damda "Chelsi" bilan shartnomamni uzaytirmoqchi bo‘lib turibman", - deydi Kurtua.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:28, 07.02.2018.
O'qildi: 4506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик