Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

«Metallurg»: Dostonbek Tursunov qaytdi, Abbos Otaxonov bilan shartnoma imzolandi

«Metallurg»: Dostonbek Tursunov qaytdi, Abbos Otaxonov bilan shartnoma imzolandi

Baho:
+ | -

2018 yilgi Superliga bahslari boshlanishiga sanoqli kunlar qolayotganda mavsum ishtirokchilari o‘z saflarini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Bekobodning “Metallurg” jamoasi ham bundan mustasno emas.

Ushbu haftadan ma’danchilar tarkibida yana ikki nafar yangi futbolchi paydo bo‘ldi. Jumladan, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida o‘tkazgan himoyachi Dostonbek Tursunov U-23 Osiyo chempionatidagi yorqin g‘alabalardan keyin qadrdon “Metallurg” jamoasiga qaytdi. Dostonbek aynan bekobodliklar safida o‘ynayotgan kezlari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiylari nazariga tushgandi.

Doston Tursunov bilan birga yana bir Osiyo chempioni – Abbosjon Otaxonov ham “Metallurg” jamoasi safiga kelib qo‘shildi. Toshkentning “Paxtakor” jamoasida ulg‘ayib, o‘tgan mavsumni Namanganning “Navbahor” jamoasida o‘tkazgan Abbos Otaxonov “Metallurg” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Biz har ikkala Osiyo chempionlarimizga “Metallurg” safiga xush kelibsizlar, deymiz!

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 12:45, 07.02.2018.
O'qildi: 3334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.