Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Lokomotiv» - «Al-Vahda» uchrashuvi oldidan

«Lokomotiv» - «Al-Vahda» uchrashuvi oldidan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi - Toshkentning "Lokomotiv" klubi 12 fevral sanasida Osiyo chempionlar ligasi -2018 mavsumining guruh bosqich ilk tur o‘yinini o‘tkazadi.

"Temiryo‘lchilar" jamoasiga 1-turda BAAning yetakchi klublaridan biri - Abu Dabining "Al-Vahda" klubi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Lokomotiv" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Mazkur bahs poytaxtimizda milliy chempionat yangi mavsumining ilk o‘yini bo‘lgani bois uni yuqori saviyada, bayramona kayfiyatda tashkil etish uchun katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu kuni "Lokomotiv"ning asl ishqibozlari klubning rasmiy do‘konidan sevimli jamoalari attributkalarini harid qilish imkoniga ega bo‘lishadi. "Al-Vahda"ga qarshi uchrashuv oldidan stadion hududida "Lokomotiv"ning o‘zgacha dizayn asosida qilingan do‘koni faoliyatini boshlaydi.

"Lokomotiv" mazkur o‘yinga puxta tayyorgarlik olib bordi. Jamoa mavsum oldidan ikkita xorij yig‘ini tashkil etdi. Dastlab, dekabr oyida BAAning Dubay shahrida mashg‘ulotlar olib borilgan bo‘lsa, so‘ngra Turkiyaning Belek shahrida ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Jamoa yangi mavsum oldidan o‘z safiga 7 nafar futbolchi qo‘shib oldi. Tarkib sezilarli darajada kuchaytirildi. Klub chempionlar ligasi uchun jami 27 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ularning 4 nafari legioner futbolchilardir.

O‘yinni yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Tojo Minoru. Unga qanotlarda hamyurtlari – Ochi Shinji hamda Takagi Takumi yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini esa turkmanistonlik Chorimurot Qurbonov bajaradi. Hakamlar nazoratchisi – eronlik Inoyat Ma’sud. O‘yinga komissar sifatida Gong konglik Chan Ka Chung tayinlangan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:27, 07.02.2018.
O'qildi: 7045 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик