Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Pxyonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Pxyonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Baho:
+ | -

Ertaga Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanadi.

Ushbu o‘yinlarda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pxyonchxandagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi hamda delegasiyamiz a’zolari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda Pxyonchxan Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min Umid Ahmadjonovga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Umid Mahamadjonovich ham Olimpiya shaharchasi meriga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan sovg‘alar ulashdi.

Eslatib o‘tamiz, XXIII Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi ertaga, 9 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00) da boshlanadi. Unda tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komil To‘xtayev delegasiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:22, 08.02.2018.
O'qildi: 5102 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик