Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: So‘nggi kun

“Viloyat hokim kubogi-2018” kundaligi: So‘nggi kun

Baho:
+ | -

12 kun davom etgan an’anaviy musobaqa kecha o‘z poyoniga yetdi. O‘tgan shu kunlar farg‘onalik futbol ixlosmandlari uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. Musobaqaning o‘zi esa yuqori saviyada tashkil qilindi.

IKKINCHI G‘OLIB – “NAVBAHOR”

Avval xabar berib o‘tganimizdek, joriy yilgi turnirning reglamenti o‘zgardi.  Unga ko‘ra, “A” guruhida musobaqaning eng kuchli jamoalari to‘planishi va ular  ichida ko‘p ochko olgan “Neftchi” jamoasi guruh peshqadami sifatida bosh sovrin sohibiga aylandi.

“V” va “S” guruhlari g‘oliblari – Oltiarikning “Iftixor” va Namanganning “Navbahor” jamoasi yoshlari ikkinchi g‘olibni aniqlash maqsadida final uchrashuvida maydonga tushishdi. Farg‘ona shahridagi  FarDU stadionida o‘tkazilgan hal qiluvchi o‘yin shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tdi.

Uchrashuvning har ikki bo‘limida bittadan gol urgan namanganliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishib, maxsus kubok qo‘lga kiritishdi.

photo_2018-02-08_15-02-06-1024x682

“Viloyat hokim kubogi-2018”

Final

“Iftixor”  – “Navbahor” – 0:2

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Ravshan Kapadze, Shoxrux A’zamov.

“Iftixor”: Muhiddin Ahmedov, Tursunboy Husanov, Doniyor Turdiqulov, Oyaatullo Muhiddinov, Alyorbek Mahmudov, Otabek Haydarov, Hasanboy Ergashev, Muhiddin Yusupov, Karimberdi Mamadaliyev, Said Abdujabborov, Asror Tilavoldiyev.

Zaxira: Ulug‘bek Muhammadov, Kamron Qo‘ziboyev, Oybek Ahmatov, Shohjahon Hasanov, Dilmuhammad Xudoyberdiyev, Islom Hoshimov, Jasur Quvvataliyev.

“Navbahor: Mirzohid Mamatxonov, Hojiakbar Yunusov, Abbos G‘ulomov, Muzaffar Abdullayev, Rashid Valixonov, Bilol Toshtemirov, Akbarsho Rashidxonov, Iskandar Siddiqjonov, Shaxzod Hamidov, Yunus Abduvohidov, Akmal Turg‘unboyev.

Zaxira: Isroil Obidjonov, Javohir Olimjonov, Ahmad Mamadaliyev, Mahmud Najmiddinov, Alijon Alijonov, Farrux Umaraliyev, Isroil Abduraimov.

photo_2018-02-08_10-05-22

TAQDIRLASH MAROSIMI

Final uchrashuvi yakunlangach, taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shuhrat Madaminovich G‘aniyev ishtirok etib, g‘oliblarni taqdirladi.

Demak, Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga “Viloyat hokim kubogi-2018” bosh sovrini nasib etdi. Namanganning “Navbahor” klubi esa ikkinchi kubok sohibiga aylandi.

Mukofotlarni “Neftchi” PFK raisi Muysinjon Mehmonov, “Navbahor”  jamoasi yoshlar murabbiyi Mustafo Bayramovlar qabul qilib olishdi. Qolaversa, ushbu jamoalarning barcha futbolchilariga viloyat hokimligining estalik sovg‘alari nasib etdi.

photo_2018-02-08_18-02-36

Bundan tashqari, “A” guruhida ikkinchi o‘rinni olgan “Qo‘qon-1912”  va finalda mag‘lub bo‘lgan “Iftixor” jamoalari ham taqdirlanishdi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida bir qator nominasiyalar bo‘yicha eng yaxshilar taqdirlandi:

Musobaqaning eng yaxshi himoyachisi – Davron Mamatov (Neftchi)

Musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachi – Abbos Maxstaliyev (Neftchi)

Musobaqaning eng yaxshi hujumchisi – Anvar Berdiyev (Neftchi)

Musobaqa to‘purari – Suhrob Berdiyev (Qo‘qon-1912).

Bandan tashqari, “Istiqlol” jamoasi yetakchisi Sanjar Asqaraliyev va bir qator hamkor tashkilotlar ham estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Shu tariqa, “Viloyat hokim kubogi-2018” yuqori saviyada o‘z poyoniga yetdi.

Abror DEHQONOV

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 12:08, 09.02.2018.
O'qildi: 2877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик