Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Mourinyo: "Futbol olamidagi taniqli kishilarning Pogba haqidagi fikrlaridan uyalib ketyapman"

Mourinyo: "Futbol olamidagi taniqli kishilarning Pogba haqidagi fikrlaridan uyalib ketyapman"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikricha, yarimhimoyachi Pol Pogba maydonda "boks-tu-boks" rolini asl ko‘rinishda bajaryapti.

"MYU"ning sobiq yarimhimoyachisi Rayan Giggz Pogbaning ko‘proq hujumda qatnashishi kerakligini ta’kidlagan edi.

"Futbol olamidagi taniqli kishilarning Pogbaning maydondagi roli haqida mulohazalaridan uyalib ketyapman. Men uchun "boks-tu-boks" - bu "boks-tu-boks". Bu degani - o‘yinchi yaxshi himoyalana olishi va raqib jarima maydonida bosh bilan yaxshi o‘ynashi, gol urishi, golli vaziyat sodir qilishidir. Keyin, jamoa to‘pni yo‘qotsa, o‘z jarima maydoniga yetib kelishi.

Hozir esa, "boks-tu -boks"ni himoyadan holi deyishmoqda. Raqib jarima maydoniga borib, o‘sha yerda qolib ketish - bu "boks-tu-boks" emas.

Hozir ba’zi aqllilarning, agentlarning, futbolchi oilasi vakillarining nazdida "boks-tu-boks" tushunchasi o‘zgarib ketdi. Pogba - yarimhimoyachi. U chap qanot himoyachisi yoki hujumchi emas. Mendan so‘rasalar, uning uchun eng to‘g‘ri joy - yarimhimoya deb aytaman. Jamoa qanday taktikada o‘ynamasin, u yarimhimoyachi bo‘lib qoladi. Pogbaning salohiyatiga ega yarimhimoyachi topish qiyin. Bu chiziq uchun Pogbada hamma narsa bor", - deydi Mourinyo.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:32, 09.02.2018.
O'qildi: 7391 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик