Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Metallurg» «Qizilqum» bilan bitimga imzo chekdi

«Metallurg» «Qizilqum» bilan bitimga imzo chekdi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” jamoa xo‘jaligi “Do‘stlik” stadionida yangi mavsum hozirligini ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” hamda Navoiyning “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi – 2:2.

Uchrashuvda hisobni navoiylik futbolchilar ochishdi. Jarima maydoni yonida bekobodliklar o‘yin qoidasini buzishgandi. Jarima to‘pini Erkin Boydullayev qoyilmaqom ijro etdi – 1:0. Vohaliklarning xursandchiligi uch daqiqaga cho‘zildi xolos. Poytaxt viloyati vakillarining chap qanotdan uyushtirgan hujumini “Qizilqum” himoyachilari o‘z jarima maydonlari ichida o‘yin qoidasiga xilof ravishda to‘xtatishdi. Pavel Purishkinga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni Islom Isoqjonov 11 metrlik nuqtadan jazolab, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda bekobodliklar ustozi jamoa tarkibini deyarli to‘liq o‘zgartirdi. Bu bo‘limda birinchi bo‘lib bekobodliklar gol kiritishdi. 54-daqiqada Sohibjamol Davlatjonov chap qanotdan ta’qibchisidan qochib ketdi. O‘zi ham zarba berishi mumkin bo‘lgan joyda Davlatjonov to‘pni qizg‘onmadi va o‘ng qanotdan ochilib kelayotgan jamoadoshiga uzatdi. Jasur Hasanovning zarbasini Yevgeniy Cheremisin to‘sa olmadi – 2:1.

O‘yinni bekobodliklar o‘z foydalariga hal etishlari mumkin edi. Ushbu goldan keyin ham “Metallurg” futbolchilari uch bora qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. Futbolning “sen gol urmasang, senga urishadi” degan aqidasi bu o‘yinda ham o‘z isbotini topdi. So‘nggi yigirma daqiqani katta bosim ostida o‘tkazgan navoiyliklar 76-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Javob golini Guja Grigolashvili kiritdi.

"Qizilqum" – "Metallurg" – 2:2 (1:1). “Do‘stlik” j/x stadioni. 10.02.2018 yil.

Hakam: Elyor Tursunov.

Gollar: Erkin Boydullayev (10), Guja Grigolashvili (76) – Islom Isoqjonov (13-penaltidan), Jasur Hasanov (54).

"Qizilqum": Yevgeniy Cheremisin, Guja Grigolashvili, Erkin Boydullayev, Nodirxon Kamolov, Fayzulla Qambarov, Sherali Jo‘rayev, Doniyor Usmonov, Giorgi Kvesiyeshvili, Nemanya Yovanovich, Xushnid Avilov, Alisher Yusupov.

Zahiradan tushganlar: Erkin Jabborov, Rustam A’zamov, Sergey Proxorov, Mirjalol Qosimov, Akmal Rustamov, Feruz Boboqulov, Xumoyun Abdualimov.

"Metallurg": Nikita Ribkin, Abror Husinov, Abbos Otaxonov, Sherzod Fayziyev, Dilyorbek Irmatov, Pavel Smolyachenko, Ixtiyor Toshpo‘latov, Muhammad Isayev, Islom Isoqjonov, Jasur Hasanov, Pavel Purishkin.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Safayev, Abror Toshqo‘ziyev, Alisher Ziyovuddinov, Nodir Mavlonov, Zohid Abdullayev, Akbar Ismatullayev, Sohibjamol Davlatjonov, Shahzod Shaymanov, Suhrob Nurullayev, Xudoyshukur Sattorov, Andrey Shipilov-junior, Doniyor Hoshimov.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 13:48, 11.02.2018.
O'qildi: 4047 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.