Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OCHL. “Persepolis” – “Nasaf”. Prevyu

OCHL. “Persepolis” – “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

13 fevral kuni esa “Nasaf” Eronda “Persepolis” mehmoni bo‘ladi. Umuman olganda, “Persepolis” o‘zbek jamoalari uchun notanish raqib emas. Quyida shu haqda...

“PERSEPOLIS” (ERON)

“Persepolis” – Eronning amaldagi chempioni. O‘tgan mavsumda Tehron jamoasi milliy chempionatda 30 o‘yinning 20tasida g‘alaba qozondi. 6 bora durang o‘ynagan klub 4 marta mag‘lub bo‘ldi. Raqiblar darvozasiga 46 ta gol urgan bo‘lsa, 14 marta to‘p o‘tkazib yubordi. 66 ochko jamg‘argan holda, eng yaqin ta’qibchisi “Istiqlol”ni 9 ochkoga ortda qoldirdi.

Ayni damda klubni xorvatiyalik Branko Ivankovich boshqarmoqda. 64 yoshli mutaxassis “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya), “Shandon Luneng” (Xitoy) va ayni damdagi jamoasi bilan mamlakat chempionligiga ega chiqqan. U shuningdek, “Al Vahda” (BAA), “Al Ittifoq” (Saudiya Arabistoni) kabi klublar, shuningdek, 2002-2006 yillarda Eron terma jamoasida ishlagan.

“Persepolis” yoki boshqacha qilib aytganda “Piruzi” Eronning 10 karra chempionidir, 5 bora mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. 1991 yilda Osiyo kubok egalari kubogi sohibi bo‘lgan. “Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov 2015/16 yilgi mavsumda aynan shu klub sharafini himoya qilgan.

Ushbu mavsumda ham “Persepolis” milliy chempionatda yaqqol yetakchilik qilmoqda. Ayni damda jamoa 21 uchrashuvning 16tasida g‘alaba qozongan. 4 bora durang o‘ynagan klub, 1 marta mag‘lub bo‘lgan. Turnir jadvalida “Fulad” 12 ochkoga ortda qoldirilmoqda.

Klub tarkibida Bashar Razan (Iroq), Godvin Mensa (Nigeriya), Maykl Umanya (Kosta Rika), Bodizar Radoshevich (Xorvatiya) kabi legionerlar to‘p tepmoqda. Ayni damda hujumchi Ali Alipur 14 gol bilan jamoa to‘purari bo‘lib turibdi.

“Persepolis” bilan ham faqatgina “Bunyodkor” to‘qnash kelgan. 5 uchrashuvda tomonlar ikkitadan g‘alaba qozongan bo‘lishsa, bir marta durang o‘ynalgan. To‘plar nisbati 5-4, biznikilar foydasiga. “Piruzi” so‘nggi marta o‘zbek jamoasini 2015 yilning 6 mayida “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

27.09.2005 “Persepolis” – “Bunyodkor” – 0:1
05.04.2011 “Bunyodkor” – “Persepolis” – 0:0
20.04.2011 “Persepolis” – “Bunyodkor” – 1:3
03.03.2015 “Bunyodkor” – “Persepolis” – 0:1
06.05.2015 “Persepolis” – “Bunyodkor” – 2:1

Persepolis

 

Nasaf

38

O‘yin

22

15

Yutuq

5

11

Durang

5

12

Mag‘lubiyat

12

50-53

To‘plar-nisbati

23-33

Bahsni janubiy koreyalik Kim Dong Jin boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sung Bonkyun va Kvak Suyungsun yordam beradi. Uchrashuvning zaxira hakami sifatida Dmitriy Mashensev ishlaydi. Hakamlar ishini Suriya Arab Respublikasidan Muhammal Basil Alhajjar nazorat qilib boradi. Singapurlik Sivakumar uchrashuv komissari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 13 fevral kuni soat 18:45da start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:07, 11.02.2018.
O'qildi: 5104 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.