Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Andrey Miklyayev “Al Vahda” bilan uchrashuvdan oldin “Lokomotiv”dagi katta muammoni aytdi

Andrey Miklyayev “Al Vahda” bilan uchrashuvdan oldin “Lokomotiv”dagi katta muammoni aytdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga OCHLning 1-turi doirasida “Lokomotiv” o‘z maydonida BAAning “Al Vahda” jamoasi bilan to‘p suradi. Ushbu uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev hamda futbolchi Ikrom Aliboyevlar qatnashishdi.

Andrey Miklyayev: - Barchani kirib kelgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Bunday ob-havoda to‘p surish juda yoqimli bo‘ladi. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. “Lokomotiv” ikkita yaxshi yig‘inni o‘tkazdi. Unda 6 o‘yinda maydonga tushdik. Bunda jamoa a’zolarining qanday jismoniy holatda ekanligini tekshirib oldik. “Al Vahda” bilan uchrashuvning muximligini tushunib turibman. Bunday holatlarda biz nafaqat jismoniy, balki, ruhiy tomondan ham tayyor bo‘lishimiz lozim. Bahsda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz va bunga qattiq harakat qilamiz. Umid qilamanki, omad biz tomonda bo‘ladi.

Raqiblar haqida bizda yetarlicha ma’lumotlar bor. Jamoa 20ga yaqin uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan. Ularning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib chiqdik.

Ularning 4 legioneri Toshkentga kelmagani haqida endi eshityapman. Shu boisdan bu haqda o‘ylamayman. To‘rt nafarmi yoki undanda ko‘proq, maqsadimiz maydonga tushib, g‘alabaga erishish. Kimdur muxim o‘yinlarga yetib kela olmadimi, demak ularning o‘rniga boshqa kuchli futbolchilar maydonga tushishadi. Chunki klubda professionallar ishlashadi.

Yigitlar ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama uchrashuvga tayyor. Hech qanday yo‘qotishlar yo‘q. Muammo shundaki, bizda futbolchilar juda ko‘p. Bahsga tarkibni tanlashda qiynalyapmiz. Agarda protokolga 20 futbolchi kiritilganda ham, bizga bu kamlik qiladi.

Ikrom Aliboyev: - “Al Vahda” Osiyoda o‘z o‘rniga ega jamoadir. Garchi legionerlarini Toshkentga olib kelmagan bo‘lsa ham, yaxshi saviyali mahalliy futbolchilari bor. Biz bu klubning barcha jihatlarini o‘rganib chiqdik. Xudo xohlasa ertaga chiroyli o‘yinimizni ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz.

Ertangi o‘yinga muxlislarning kelishini istayman. Biz ham 8 ming muxlisning qarshisida to‘p tepishni istaymiz. Bu esa bizga qo‘shimcha kuch beradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:17, 11.02.2018.
O'qildi: 6365 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик