«PSJ» klubi bosh murabbiyi Unai Emeri ta’kidlashicha, yarim himoyachi Tyago Motta YECHL 1/8 finalning birinchi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, parijliklar ilk bahsda «Real» mehmoni bo‘lishadi. Mutaxassis hali aniq tarkib borasida bir qarorga kelganicha yo‘q.
«Tyago Motta biz uchun juda ham muhim. U Fransiya kubogining «Sosho» jamoasiga qarshi bir necha daqiqa to‘p surdi, ammo «Real»ga qarshi uni chiqarish juda ham erta.
Uchrashuvning tezligi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Motta tayyorgarlikni davom ettirib va o‘yin tempiga qo‘shilmoqda. Oldinda bizga uning foydasi tegadigan uchrashuvlar ko‘p», - deydi Emeri.