So‘nggi paytlarda 11-raqam futbolchilarga vafo qilmayotgandek, go‘yo. Binobarin 11 raqam ostida aksariyat hollarda hujumchilar – jamoaning ishongan tog‘lari to‘p surishadi. Ammo…
Marko Roys
Ham ajoyib o‘yini, ham insoniy fazilatlari va ham klubiga sadoqati bilan yulduz bo‘lib ketgan dortmundlik Marko Roys oxirgi paytlarda o‘ziga o‘xshamay qolgan. Nuqul jarohatlarga yo‘liqaverib ham o‘yini biroz susaydi, ham behafsala bo‘lib qolgandek. Jumladan ikkita o‘yinda maydonga tushsa, to‘rtta o‘yinda jarohati bilan andarmon bo‘lib qolyapti. Bu holat esa afsuski 3 yildan beri nihoya topmayapti.
Usmon Dembele
“Borussiya”ning yana bir yulduzi Dembele ham “Barselona”ga o‘tgach 11 raqamni qabul qilib oldi-yu, majoziy ma’noda aytganda o‘ziga la’nat orttirgandek. “Barselona”ning 100 mln yevrolik futbolchisi hali jamoa uchun hech narsani qoyillata olmadi. Jarohatlar bilan kim ham eplardi?
Garet Beyl
O‘ziga hos o‘yinchi. Vaqtida “Oltin to‘p” uchun Messi va Ronalduning vorisi deb qaralgandi. Ammo afsuslar bo‘lsinki, keyingi yillarda