Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekistonda sport tashkilotlari endi bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydi

O‘zbekistonda sport tashkilotlari endi bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydi

Baho:
+ | -

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi vazirlik darajasiga ko‘tarilgach, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda sport sohasiga yangi tayinlangan vazir Shoakram Isroilov ikki tashkilot xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanga borgan, keyinroq esa Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash missiyasini hal qilish uchun Seulda bo‘lgan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Toshkentga qaytishi bilan birinchi galda shu majlisni tashkil qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, sport federasiyalari, olimpiya qo‘mitasi hamda soha vazirligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yaratish va barchaning bir maqsad yo‘lida birlashishini ta’minlashdan iborat edi. Tokio—2020 Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotgani inobatga olinsa, o‘zaro hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi.

MOQ prezidentligidan tashqari, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyaga jo‘nab ketishi oldidan ikki tashkilot o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlagandi. Bunda nafaqat matbuot xizmatlari, balki barcha bo‘limlar bir maqsad yo‘lida birlashishi talab etildi. Endi esa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham bu ishga bosh-qosh bo‘ladi.

Sport vaziriga aylangan Shoakram Isroilov va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bunga qadar ham o‘zaro hamjihatlikda faoliyat yuritib kelgani sir emas. Bu munosabatlar ikki alohida tashkilotning bir maqsad yo‘lida birlashishida ham as qotishi shubhasiz. Bungacha mazkur ikki tashkilotning birinchi vise-prezidentlari bo‘lgan Oybek Kasimov hamda Iskandar Jo‘rayevning o‘zaro o‘rin almashishi ham shu yo‘lda xizmat qiladi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqlik hosil qilishi ko‘zda tutilgan.

Umid Ahmadjonov yig‘ilish maqsadini xodimlarga tushuntirar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi alohida topshirig‘iga urg‘u qaratdi. Shu kunga qadar sportni rivojlantirish borasida bir qator qaror va farmonlarga imzo chekkan Shavkat Miromonovich, barcha sohalarda bir yoqadan bosh chiqarib, vijdon bilan ishlash kerakligini ta’kidlab keladi. Sportdagi ketma-ket o‘zgarishlarda ham mana shu falsafa yotibdi deyish mumkin.

Endilikda futbol assosiasiyasidan tortib, sport vazirligiga qadar, MOQ tasarrufida bo‘lgan barcha federasiyalar ham hamkorlik qiladi. Maqsad mamlakat sportini ko‘tarish, soha muammolariga birgalikda yechim izlash, undagi illatlarni tozalash va bir joyda depsinib turgan ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, rivojlanish yo‘liga tushib olish. Bu ishlar Tokio—2020 Olimpiadasi va undan keyingi yirik musobaqalar oldidan muhim qadamlardan biridir.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:21, 14.02.2018.
O'qildi: 3419 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.