Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

"Neftchi" - "Qizilqum" 1:1 (to‘liq sharh)

"Neftchi" - "Qizilqum" 1:1 (to‘liq sharh)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Toshkentdagi to‘rtinchi o‘rtoqlik bahsida Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi o‘ynadi. Bellashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi. Shunday qilib "Neftchi" jamoasi oxirgi 4 ta o‘yinning 3 tasida durang natija qayd etdi. Bir g‘alaba "Metallurg" bilan o‘yinda kuzatildi. Yangi tarkibni shakllantirayotgan murabbiylar shtabi uchun Toshkentdagi yig‘in ayni muddao bo‘lmoqda.

Uchrashuv borasida fikr bildiradigan bo‘lsak, "Neftchi" bahsdan bahsga o‘z o‘yinini kuchaytirib bormoqda. "Qizilqum"ga  qarshi uchrashuvda ham ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga kelganini aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa oldingi chiziqda Amirjon Safarov va Vyacheslav Sushkinlar bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. O‘yinda tezkor gol kiritildi. Abdujamol Isroilov o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to‘pni havolatib tashlab berdi. Markazda turgan Safarov hammadan chaqqonroq harakat qilib, boshi bilan darvozaga zarba berdi va gol. 1:0. "Qizilqum"ning javob goli o‘zini uzoq kuttirmadi. 39-daqiqada navoiyliklar safida Guja Grigalashvili Abdujalilov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda "Neftchi" murabbiylari bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishdi. Abdujalilov, Safarov hamda Abdulhaqovlar o‘rniga Sunatillo Ermatov, Otabek Ahmadjonov va Jalil Kimsanovlar maydonga tushirildi. Undan tashqari uchrashuv bosh hakami Vadim Agishev kutilmagan qarorni amalga oshirdi. "Neftchi" himoyachisi Avaz Agaliyev o‘yin payti maydon tashqarisida turganlar bilan tortishgani uchun qizil kartochka oldi. Uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Avazbek O‘lmasaliyev bahsga qo‘shildi.

Navbatdagi 45 daqiqalikda Otabek Ahmadjonov, Sunatillo Ermatov va Jasur Azimovlarda ko‘proq vaziyatlar yuzaga keldi. Shu qatori Farg‘ona jamoasi ijrosida bir qator uzoqdan xavfli zarbalarga shohid bo‘ldik. Ammo o‘yin oxirigacha qulay vaziyatlar bo‘lgani bilan boshqa gol kiritilmadi.

"Neftchi" murabbiylar shtabi bahsda quyidagi tarkibdan foydalanishdi.

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Davron Mamatov, Avaz Agaliyev, Iskandar Shoykulov, Jasur Azimov, Abdujamol Isroilov, Abbos Maxstaliyev, Abdurahmon Abdulhaqov, Amirbek Safarov. Vyacheslav Sushkin.  

Zahira: Vitaliy Mirniy, Avazbek O‘lmasaliyev, Husniddin G‘ofurov, Sunatillo Ermatov, Otabek Ahmadjonov, Elyor Mamasoliyev,

 "Neftchi" matbuot xizmati

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 18:29, 17.02.2018.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.