Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Rak xastaligidan ustun kelgan Eduardo Berisso

Rak xastaligidan ustun kelgan Eduardo Berisso

Baho:
+ | -

Ispaniyaning Marcanashri «Sevilya»ning sobiq bosh murabbiyi Eduardo Berisso rak xastaligi muammosidan qutulgani haqida xabar berdi.

48 yoshli argentinalik dahshatli o‘simta balosini qanday yengdi? Quyida shu haqda o‘qishingiz mumkin.

YOQIMSIZ HOLAT SABAB...

21 noyabr. CHL guruh bosqichi o‘yini. «Sevilya» birinchi bo‘limdan so‘ng «Liverpul»ga 0:3 hisobida yutqazayotgandi. Eduardo Berisso tanaffusda shogirdlariga nima degani faqat jamoa a’zolarigagina ayon.

Hamma bilgani shuki, «Sevilya» uchrashuvning ikkinchi yarmida mutlaqo o‘zgardi. Gvido Pisarro qo‘shib berilgan 3-daqiqada hisobni tenglashtirganidan keyin esa barcha futbolchilar to‘g‘ri murabbiy tomon yugurishdi. O‘sha lahzada bu odatiy ehtiros namunasidek ko‘rindi.

Qimmatli golni murabbiy bilan nishonlash zamirida kattaroq ma’no yashirin ekanligi esa ertasiga oydinlashdi - «Sevilya» rahbariyati bosh murabbiyda adenokarsen o‘simtasining o‘tkir turi borligi aniqlanganini ma’lum qildi.

Aytishlaricha, Berisso o‘zining yoqimsiz dardi haqida aynan tanaffus payti og‘iz ochgan va bu bilan futbolchilarni «uyg‘otish»ga uringan. To‘g‘ri, bu ma’lumotni hech kim rasman tasdiqlagani yo‘q.

Faqat andalusiyaliklardan biri o‘yindan keyin nimagadir sha’ma qildi: «Murabbiyimiz va muxlislarimiz hurmatini saqlab qolishimiz shart edi. Berisso og‘ir vaziyatda turganiga qaramay, xotirjamdek ko‘rinmoqda. Ishonchimiz komil, u bu muammoni yengib o‘tadi».

Futbol dunyosi chetda jimgina qarab turmadi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda Aguante Toto («Kuchli bo‘l, Toto») sahifasi ochildi. Unda dunyoning turli klublari vakillari, futbolchilar murabbiyni qo‘llab-quvvatlashdi.

Deylik, «Sevilya»ning sobiq himoyachisi, «Real» sardori Serxio Ramos «Tvitter»dagi sahifasida shunday yozdi: «Hayot bizni shunday zarbalarga duchor qiladiki, ular ta’sirida aynan nima muhimroq ekanligini unutmaymiz. Biz sen bilan, Berisso».

«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu hattoki, o‘z klubi tibbiy xizmati yordamini taklif etdi. Kataloniyalik futbolchilar esa «Valensiya»ga qarshi o‘yinda o‘z liboslarida «Bo‘shashma, Toto» yozuvini namoyish qilishdi.

Berissoning o‘zi xastalik haqida atigi bir marta gapirdi. «Menga qaratilgan yupanch va daldalardan g‘oyat minnatdorman, - dedi murabbiy Marca nashri muxbirlariga. -Tanish va notanish kishilar birdek qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Tushunaman, endi xastalikka katta e’tibor bilan yondashishim shart. Biroq ayni payt bu haqda o‘ylamaslikka urinyapman.

Shifokorlar maslahatlariga quloq tutaman, barchasini o‘z o‘rnida bajarishga tayyorman. Umuman, o‘zimni jabrdiyda sifatida his qilishni sira istamayman».

MANTIQSIZ ISTE’FO

Hayron qoldiradigan tomoni, «Sevilya» rahbariyati bunday vaziyatda keskin qaror chiqardi. Aslida avvaliga hammasi joyida edi: klub rasmiy sayti orqali bayonot berib, murabbiyni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shu tariqa Berissoga davolanishi uchun vaqt ajratishdi. Davolanish kursi yaxshi samara berib, murabbiy dekabr o‘rtalarida klubdagi ishiga qaytdi.

Biroq yana bir haftadan keyin «Sevilya» rahbariyati Berissoni iste’foga chiqardi va buni oxirgi o‘yinlardagi salbiy natijalar bilan izohladi. Vaholanki, jamoa 22 noyabr - 22 dekabr oralig‘ida Ispaniya chempionati doirasidagi 3ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 1ta durang qayd etgan va 2 marta yutqazgandi (mag‘lubiyatlardan biri «Real»ga qarshi bahsda kuzatildi - 0:5).

Yomon statistikami? Taqqoslash uchun aytsak, andalusiyaliklar yangi murabbiy Vinchenso Montella boshqaruvida 3ta o‘yinni boy berishga ulgurishdi.

Har qanday holatda ham, «Sevilya»da chinakam qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj murabbiy bilan yaxshiroq holatda xayrlashish imkoni yo‘q emasdi. Biroq rahbariyat noma’lum sabablarga ko‘ra, boshqacha yo‘lni tanladi.

ADENOKARSEN O‘SIMTASI NECHOG‘LI XAVFLI?

Onkologik xastaliklarning ushbu turi erkaklarda chamasi 14 foizni tashkil qiladi. Ayni payt rakning ushbu xili yetarlicha o‘rganilgan.

Uning o‘limga olib kelish darajasi esa taxminan 7 foizga teng. Qisqasi, tadqiqotlar xulosasi bo‘yicha aytganda, prostata o‘simtasining ilk bosqichlarida hayotdan ko‘z yumish xavfi ancha past.

ENDI NIMA BO‘LADI?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:36, 19.02.2018.
O'qildi: 2586 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.