Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekistonlik velosportchi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik velosportchi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida erkaklar, ayollar va yoshlar o‘rtasida velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etdilar. Musobaqada velosport-trek yo‘nalishi bo‘yicha bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov bronza medali sohibiga aylandi. Hamyurtimiz bahslarda jahon kubogi g‘olibi Nikita Panassenko (Qozog‘iston) va Osiyo chempioni Shunsuke Imamura (YAponiya)ni ortda qoldirgani e’tiborga molik.

Musobaqada birinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari vakili Mirza al-Hammadiy qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin gonkonglik Chong King Lukka nasib qildi.

Shuningdek, 18-19 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Velosport Konfederasiyasi(ASS)ning Kongressi o‘tkazildi.

Kongress davomida O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo Velosport Konfederasiyasining vise-prezidenti lavozimiga saylandi.

Kongressda O‘zbekiston 2019 yilgi Osiyo chempionati mezbonligi huquqini qo‘lga kiritgani haqida kecha xabar qilgandik. Undan tashqari Osiyo Velosport Konfederasiyasining navbatdagi Kongressi ham poytaxtimizda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Velosport bo‘yicha Osiyo Chempionati kontinental musobaqa hisoblanib, ilk bora 1963 yilda tashkil qilingan. U o‘z ichiga shosse va trek yo‘nalishlarini qamrab oladi. Mazkur musobaqada qit’amizning 500 nafardan ortiq velosportchilari qatnashadilar.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:39, 20.02.2018.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.