Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Bunyodkor» BAA klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

«Bunyodkor» BAA klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Bu safar Mirjalol Qosimov shogirdlariga qarshi Dubayning “Shabab Al-Al-Ahli” klubi vakillari saf tortishdi.

Qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor” raqibdan har jabhada ustun ekanligini isbotlab, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Sanjar Qodirqulov tomonidan oshirilgan to‘pni Filip Rayevas boshi bilan raqib darvozasiga to‘g‘rilab, hisobni ochdi. Tanaffusga chiqish arafasida mezbonlar gol urishib, o‘rtadagi muvozanatni tiklagandilar. Biroq uchrashuvning so‘nggi o‘n daqiqasida “Shabab Al-Ahli” darvozasi yana uch bor ishg‘ol etildi. 82-daqiqada Mirjahon Mirahmadov maydon markazida to‘pni egallab olib, raqib futbolchilarini ortda qoldirgan holda dubayliklar darvozasini ishg‘ol qildi. 88-daqiqada jamoaviy uyushtirilgan chiroyli kombinasiyani Rasul Yuldoshev gol bilan yakunladi – 1:3. Asosiy vaqt yakunlanayotgan pallada Rasul Yuldoshev raqib futbolchilari va posbonini birin-ketin aldab o‘tib, yakuniy natija “Bunyodkor” foydasiga 4:1 bo‘lishini ta’minladi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” BAA yig‘ini doirasidagi to‘rtinchi nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Bungacha Mirjalol Qosimov shogirdlari bilan BAAning “Sharja” va Xitoyning “Shandun Lunen” klublarini 3:1 va 4:0 hisoblarida mag‘lub etgan va chin yurtining boshqa vakili “Chunsin Lifan” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

Nazorat uchrashuvi
Dubay. "Al-Maktum" stadioni
“SHABAB AL-AHLI” – “BUNYODKOR” 1:4 (1:1)
Gollar: Filip Rayevas 26 (0:1), 44-daqiqa (1:1), Mirjahon Mirahmadov 82 (1:2), Rasul Yuldoshev 88 (1:3), Rasul Yuldoshev 90 (1:4)
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Rustamjon Ashurmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Jovlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Sanjar Qodirqulov, Shoxruh Gadoyev, Filip Rayevas
Zaxiradan maydonga tushganlar:  Suhrobjon Sultonov, Anvar G‘ofurov, Sardor Sobirxo‘jayev, Davronbek Umirov, Rasul Yuldoshev, Artyom Gabelok, Mirjahon Mirahmadov, Abdulla Abdullayev

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 00:32, 21.02.2018.
O'qildi: 3730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.