Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yengil atletika. Toshkentda Markaziy Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Yengil atletika. Toshkentda Markaziy Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

24-25 fevral kunlari poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir tashkil qilinadi.

Musobaqada 1999-2000, shuningdek 2001 yildan so‘ng tug‘ilgan o‘smirlar ishtirok etishadi. Turnirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan tashrif buyurgan yosh sportchilar qatnashadilar.

Musobaqaning birinchi kuni, 24 fevralda 1999-2000 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, to‘siqlar osha 60 metrga yugurish, 60, 400 va 1500 metrga yugurish hamda 4x400 estafeta bahslari o‘tkaziladi.

25 fevral kuni esa 2001 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan sportchilar balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200, 800, 3000 metrga yugurish, 60 metrga to‘siqlar osha yugurish, uch xatlab sakrash, 4x200 estafetasi bahslarida bellashadilar.

Mazkur turnir Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkaziladi. Bahslar soat 10:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:14, 21.02.2018.
O'qildi: 2063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик