Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

A seriya. «Roma» o‘z uyida «Milan»ga yutqazdi (video)

A seriya. «Roma» o‘z uyida «Milan»ga yutqazdi (video)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 26-turi doirasida markaziy o‘yin Rimdagi "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar — "Roma" klubi o‘z maydonida "Milan"ni qabul qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘yin davomida rimliklar tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Tanaffusga qadar "rossoneri" ishonchli himoyalandi va raqibga xavfli vaziyat yaratish imkonini bermadi.

Ikkinchi taymning ilk daqiqalari mehmonlar uchun omadli keldi. Milanliklar Kutronening goli evaziga hisobda oldinga o‘tib olishdi. Shundan so‘ng ham Gattuzo shogirdlari himoyalanishda davom etishdi va qarshi hujumdan foydalanish payida bo‘lishdi. Ularning bu taktikasi yana bir marta o‘z samarasini berdi. Bahsning 74-daqiqasida Kalabriya "Roma" darvozasini ishg‘ol qildi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Roma" 50 ochko bilan 5-o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa, "Milan" "Sampdoriya" bilan birga 6 va 7-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Gattuzo jamoasining "A" seriyadagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 8ta uchrashuvga yetdi.

Italiya A seriyasi, 26-tur
Roma – Milan 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 48 Kutrone, 0:2 – 74 Kalabriya.
Roma – Alisson, Bruno Peres, Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini (Jerson, 80), Strotman, Nainggolan (Djeko, 64), Under (Defrel, 73), Shik, Perotti.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Bonuchchi, Romanyoli, Rodriges, Kessie, Bigliya, Bonaventura (Montolivo, 90), Suso (Borini, 82), Kutrone (Kalinich, 67), Chalxanoglu.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:53, 26.02.2018.
O'qildi: 4500 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик