Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Rustam Ashurmatov YPX xodimi tomonidan nega to‘xtatilganini aytdi

Rustam Ashurmatov YPX xodimi tomonidan nega to‘xtatilganini aytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempionatida muvafaqqiyatga erishgach, Prezidentimiz tomonidan "Malibu" avtomobili sovg‘a qilindi.

Ushbu g‘oliblik ularni xalq orasida yana ham mashhurroq qilgani bor gap. Ayniqsa, "Prezident sovg‘asi" deb yozilgan oq rangli "Malibu"ni ko‘rgan odam borki, uning boshqaruvida yo Osiyo chempioni yoki uning yaqin insoni ekanligini yaxshi tushunadi.

Xullas, bugun "Prezident sovg‘asi"ni minib yurgan azamatlar xalqning nazarida, ularga ko‘cha-ko‘yda havas bilan boquvchilar, ularni kuzatuvchilar talaygina.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ana o‘sha "Prezident sovg‘asi"dan birining oldida turgan Osiyo chempioni Rustam Ashurmatov hamda Yo‘l patrul xizmati xodimi surati juda tezlikda tarqaldi.

Har qaysi sayt, har bir foydalanuvchi ushbu suratga o‘zicha izoh berdi, uni o‘zicha talqin qildi.

Kimdir Rustam Ashurmatovni yulduzlik kasaliga chalingani haqida izoh qoldirgan bo‘lsa, yana kimdur "Osiyo chempioni bo‘ldik deb, ko‘ngilga kelganini qilish kerakmas, oqibati shunday bo‘ladi" deya o‘zicha voqeni taxmin qilib ko‘rdi.

Izoh qoldirganlar borki, ko‘pchiligi Rustam Ashurmatovni yo‘l harakati qoidasini buzgan deb hisoblab fikr bildirdi. 

Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Rustam Ashurmatovning o‘zi bilan bog‘lanib, voqea qanday bo‘lgani va uni YPX xojimi nima sababdan to‘xtatganiga qiziqdik.

 - Rustam, bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmga izoh bera olasizmi? Nima bo‘lgan edi?

- Assalomu aleykum. Aslida ijtimoiy tarmoqlardagi fikr bilidrilganchalik hech qanday ish bo‘lgani yo‘q. Ertalab mashg‘ulotlarga ketayotgan vaqtimda yo‘l patrul xizmati xodimi to‘xtatdi. Yo‘l chetida to‘xtadim va hujjatlarimni taqdim etdim.

YPX xodimi hujjatlarimni tekshirdi va qachon davlat raqami taqishimni so‘radi. Men 2-3 kunda davlat raqami olishimni aytdim va hujjatlarimni qaytarib berdi. Boshqa hech qanday gap yo‘q.

- Siz qoida buzmagandingizmi? Faqat hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatdimi?

- Xuddi shunday. Qoida buzganim yo‘q, ular to‘xtatib hujjatlarim joyida ekanligini tekshirishdi, xolos.

- Ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirgan muxlislarga nima deysiz?

- Nima deyishim mumkin, biz ham hamma qatori insonmiz. Eng avvalo qoidalarga bo‘ysunishimiz shart va qonun oldida chempionmi yoki oddiy insonmi hamma barobar.

Shuni tushungan holda yo‘lda yurganda qoidalarga bo‘ysunamiz, qoidalarni buzadigan bo‘lsak xuddi futboldagi kabi qoida buzganimiz uchun jazolanishimizni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq anglaymiz. Har xil gap so‘zlarga ishonmasligingizni so‘rab qolaman.

- Yangi mavsumda sizga va jamoangizga omad tilaymiz.

- Rahmat.

Manba: www.offsayd.uz
Kiritildi: 00:36, 27.02.2018.
O'qildi: 15128 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.