Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Osiyo chempionati. Ikki nafar kurashchimiz finalda!

Osiyo chempionati. Ikki nafar kurashchimiz finalda!

Baho:
+ | -

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda ishtirok etayotgan ikki nafar sportchimiz raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bungacha -59 kg vazn toifasida janglarda qatnashgan Yelmurat Tasmurodov ushbu qit’a birinchiligida -63kg vazn toifasida janglar o‘tkazmoqda.

Riodagi Olimpiya o‘yinlari sovrindori musobaqadagi ilk jangida hindistonlik raqibini 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa jahon chempionati kumush medali sohibi hisoblangan qozog‘istonlik Meyrambek Aynagulovni 13:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, jang yakunlanishiga 1,5 daqiqa qolganida  sportchimiz 1:8 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Muhim pallada u vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira oldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uning finaldagi raqibi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

-130kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan Mo‘minjon Abdullayev esa dastlabki jangida mezbonlar vakili Ramonovdan 7:1 hisobida ustun keldi. Yarim finalda esa qozog‘istonlik Savenkoni 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun eronlik Mehdizodaga qarshi gilamga chiqadi.

Final bellashuvlari ham bugun o‘tkaziladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:34, 27.02.2018.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик