"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya kubogi 1/8 finalida "Rochdeyl" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (6:1) fikr bildirdi.
"O‘yinni har tomondan muhokama qilish mumkin. O‘yin videotakror sistemasi tufayli qiyin kechdi. Diqqatni o‘yinning o‘ziga qaratish qiyin kechdi.
Angliyalik hakamlar Yevropada, balki dunyoda ham eng yaxshi hakamlar deb o‘ylayman. Shuning uchun, WAR ularga yordam beryaptimi yoki halaqit beryaptimi, buni ayta olmayman. Futbol - bu hayajon degani. Agar biz uni yo‘q qilsak, futbol o‘zgaradi.
Hakamlarga qiyin, ularga achinaman. Ulardan ko‘ra, vaziyatlarga tushunishda qiynalayotgan muxlislarga achinaman", - deydi Pochettino.