Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Umid Ahmadjonov “Neftchi ” - “Nasaf” uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib boradi

Umid Ahmadjonov “Neftchi ” - “Nasaf” uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib boradi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Superliganing yangi mavsumi boshlanadi. 1-turning ikkita o‘yini “Qizilqum” – “Lokomotiv” va “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov  Superliganing ochilish uchrashuvlaridan biri bo‘lgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionidan bevosita kuzatib boradi.

Umid Ahmadjonov Farg‘onaga tashrifi davomida viloyatda sport sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Olimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida sa’y-harakatlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, bugungi kundan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv “Qizilqum” – “Lokomotiv” o‘yinini bevosita stadiondan tomosha qilish uchun Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov Navoiyga jo‘nab ketdi.

Hududlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, futbol klublarining professionalligini oshirish va futbol infratuzilmasini yaxshilashda  viloyat rahbarlarining hissasi juda katta. Shuni inobatga olgan holda, endilikda viloyatlarda bo‘lib o‘tadigan har bir futbol uchrashuvlarida viloyat futbol federasiyasi prezidenti hisoblangan viloyat hokimi shaxsan qatnashib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Lokomotiv” soat 18:00da, “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi esa soat 20:00da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:08, 01.03.2018.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.