Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ro‘ziqul Berdiyev: “Ochig‘i, natija meni qoniqtirmadi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Ochig‘i, natija meni qoniqtirmadi”

Baho:
+ | -

Neftchi” – “Nasaf” bahsidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida  qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etib, natijadan qoniqmagani haqida gapirdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: “Birinchi o‘rinda futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bahs ajoyib muhitda kechdi. “Istiqlol” stadionida avval ham mana shunday muhitda to‘p surganmiz.

Men o‘sha o‘yinni esladim. O‘sha uchrashuvda Farg‘ona jamoasini mag‘lub etgandik. Afsuski, bugun g‘alabaga erisha olmadik.

Natija o‘yinga mos bo‘ldi. Xar ikkala jamoa ham faqat g‘alaba uchun to‘p surdi. Golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

Biroq xech bir jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi. Ochig‘i, natija meni qoniqtirmadi. Farg‘onaga g‘alaba uchun kelgandik. Endi e’tiborimizni OCHLdagi bahslarga qaratamiz”, - dedi Berdiyev.

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 00:35, 02.03.2018.
O'qildi: 3872 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик