Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Ilhom Mo‘minjonov: "Muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz"

Ilhom Mo‘minjonov: "Muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

"Metallurg" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Azizbek Turg‘unboyevlar ishtirok etishdi.

Ilhom Mo‘minjonov: - Bugungi uchrashuv durangga mos bo‘ldi. O‘zinglar guvohi bo‘lganlaringizdek maydonda jangovar o‘yin kechdi. Bahs davomida futbolchilarimiz ham, raqib jamoa a’zolari ham darvozalar oldida o‘ta xavfli vaziyatlarni yarata olishmadi. Kurash asosan markazda kechdi. Shu sababli qayd etilgan durang natijani adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Futbolda har qanday holat ro‘y berishi mumkin. Standart vaziyatlarda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Chempionatning dastlabki uchrashuvi bo‘lganligi uchun shogirdlarim xohlaganimdek o‘yin ko‘rsata olishmadi. Shunga qaramay, yigitlarga iroda namoyish qilib, maydonda borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Sababi oldimizga yuqori marralarni zabt etish qo‘yilgan. Bunday sharoitda har bir ochko oltinga teng bo‘ladi. Keyingi uchrashuvlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlab yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. Muxlislarimizga teng keladigan ishqibozlarni topish mushkul. Bugun ham jamoani qo‘llash uchun yo‘l bosib kelganliklari uchun minnatdorchilik bildirib o‘taman. Kelgusi turlarda  chiroyli o‘yinlar namoyish etib muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Azizbek Turg‘unboyev: - O‘yin ko‘rganlaringdek shiddatli ruhda kechdi. Bugun Bekobod shahriga g‘alaba qozonish uchun kelgandik. Bu yilgi chempionatda oldimizga yuqori marralarni zabt etish vazifasi qo‘yilgan. Shu sababli har bir o‘yinda ochkolarni qo‘lga kiritish muhim hisoblanadi. "Metallurg" jamoasiga qarshi uchrashuvda qo‘ldan kelganicha harakat qildik va yakunda safarda bir ochkoni qo‘lga kiritdik.

"Navbahor" FK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:30, 04.03.2018.
O'qildi: 2255 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.