Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

OCHL. «Lokomotiv» Qatarda mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi

OCHL. «Lokomotiv» Qatarda mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan Qatarning "Ad-Duhayl" va Toshkentning "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi 3-tur bahsi yakuniga yetdi. Muxlislar bu o‘yinda ikki xil bo‘limga guvoh bo‘lishdi.

Qatarliklar birinchi bo‘limda kuchli o‘yin namoyish qilib, 25-daqiqaga qadar naq 3 marta "temiryo‘lchilar" darvozasini ishg‘ol qilishdi. Yusuf al-Arabiy dublga erishgan bo‘lsa, Yusuf Msakni o‘z hisobiga bitta gol yozdi.

Tanaffusdan keyin Yelichich yangi futbolchilarni maydonga tushirish orqali o‘yinni o‘zgartirishga harakat qildi. Bu esa o‘z samarasini berdi. Uchrashuvning 57-daqiqasida Aliboyev aniq pas bilan Nivaldoni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik futbolchi to‘pga ilk teginishdayoq darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana Ikromning uzatmasidan keyin Bikmayev qulay vaziyatga chiqdi va to‘pni "Duhayl" darvozaboni ustidan oshirib qo‘ydi. Shu tariqa, "Loko" qisqa vaqt ichida o‘yinga intrigani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda "Lokomotiv" hujumlar tashkil qilish borasida ustunlikka erishdi, ammo so‘nggi uzatmani aniq beradigan futbolchi topilmadi. 83-daqiqada o‘zbekistonliklar chiroyli hujum tashkil qilishdi. Bikmayev chap tomondan tashlab bergan to‘pni Shoahmedov yaqin masofadan raqib darvozasiga joylay olmadi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan 3ta gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi. "Ad-Duhayl" esa 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib oldi. Jamoalar bir haftadan keyin Toshkentda to‘qnash kelishadi.

OCHL, "V" guruhi, 3-tur. soat 20:00
"AD-DUHAYL" - "LOKOMOTIV" 3:2 (3:0)
Gollar: Yusuf al-Arabiy (9, 19), Yusuf Msakni (25) — Nivaldo (57), Marat Bikmayev (59)
Ogohlantirishlar: Sulton al-Brake (12) — Marat Bikmayev (41), Diyor Turopov (90)
"Ad-Duhayl": 40.Amin Lakomte, 2.Muhammad Musa, 4.Lukas Mendes, 8.Luis Junior, 9.YUsuf al-Arabiy, 10.Nam Te Xi, 12.Karim Budiaf (Bassam Husham 72), 18.Sulton al-Brake, 19.Almoyez Ali (Ismoil Muhammad 69), 22.Murod Najiy, 28.YUsuf Msakni
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullayev (Diyor Turopov 57), 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev (Nivaldo 56), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 27.Sardor Rashidov (Husniddin G‘ofurov 81), 28.SHurat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:51, 06.03.2018.
O'qildi: 10465 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик