Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. «Real» yana g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqdi

YECHL. «Real» yana g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "PSJ" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi javob bahsida oz bo‘lsa-da intriga saqlanib turgandi. Parijliklar chorak finalga chiqish uchun o‘z uylarida 2:0 hisobida g‘alaba qozonishlari talab etilardi.

Ko‘pchilik o‘yin boshidanoq Emeri shogirdlarining oldinga tashlanishini kutgan bo‘lsa kerak, ammo mezbonlar bunga shoshilishmadi. Mezbonlar to‘pni nazorat qilib, asta-sekin "Real" darvozasi tomon yaqinlashib kelishdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Mbappe o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. U qulay vaziyatda ochilgan Kavaniga pas berish o‘rniga o‘tkir burchak ostida o‘zi zarba berishga qaror qildi. Keylor Navas zarbani qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, nihoyat, "PSJ" tavakkal qilib oldinga tashlansa kerak degan fikrlar yo‘q emasdi. Ammo Alves maydon markazida Asensioga to‘pni oldirib qo‘ydi. Madridliklar qarshi hujum tashkil qilishdi hamda Vaskesning uzatmasidan keyin Ronaldu bosh bilan darvozani zabt etdi.

Bahsning 66-daqiqasida Verratti hakamni haqorat qildi va sariq kartochka oldi. Marko hisobida birinchi bo‘limda olingan "sariq" bor edi. Natijada yarim himoyachi maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, "PSJ" oradan 5 daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda parijliklarga omadli rekoshetlar qo‘l keldi.

Uchrashuvga intriga qaytagandek bo‘ldi. Ammo 80-daqiqada Kazemiro uni "ko‘mib" qo‘ydi. Braziliyalik futbolchining jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bergan zarbasi rekoshet orqali to‘rga borib tushdi.

Shu tariqa, "Real" ikkinchi o‘yinda ham "PSJ"ni mag‘lub etdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini
PSJ Fransiya – Real Madrid Ispaniya 1:2 (0:0)
Gollar: 0:1 – 51 Ronaldu, 1:1 – 71 Kavani, 1:2 – 80 Kazemiro.
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Markinyos, Verratti, Motta (Pastore, 59), Rabyo, Di Mariya (Draksler, 76), Mbappe (Diarra, 85), Kavani.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Vaskes, Kovachich (Kroos, 71), Kazemiro, Asensio (Isko, 82), Benzema (Beyl, 76), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Verratti (20), Kovachich (32), Ramos (78), Kavani (84).
Chetlatish: Verratti (66).
Dastlabki o‘yin — 1:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:40, 07.03.2018.
O'qildi: 11645 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.