Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Bizni aldashdi: Mahrez faoliyatini yakunlamagan ekan

Bizni aldashdi: Mahrez faoliyatini yakunlamagan ekan

Baho:
+ | -

Biroz avval “Lester” klubining aljirlik yarim himoyachisi Riyod Mahrez futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan edik.

Futbolchi o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida shifokorlar maslahatiga ko‘ra, ushbu qarorni yaqin kunlarda qabul qilishini yozib qoldirgandi.

“Ko‘plab shifokorlarning maslahatlariga ko‘ra, futbol bilan xayrlashishga qaror qildim.

Ha, hozir o‘qiyotganlaringizning barchasi haqiqat, men faoliyatimniya yakunlayman.

Ajoyib shaharda meni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi harakatlarimni yuqori baholagan barcha muxlis va yaqinlarimga tashakkurlar aytaman.

O‘tkazgan vaqtim va futbolchi bo‘lganimdan hech qachon afsuslanmayman. Bu lahzalar doim yodimda qoladi”, deya yozgandi Mahrez.

Lekin mashhur jurnalist Lyuk Tanzining berayotgan xabariga ko‘ra, Mahrezning Facebook’dagi sahifasi xakerlar tomonidan buzib kirilgan va qoldirilgan so‘nggi postdagi barcha so‘zlar yolg‘on hisoblanadi.

Bu xabarning yolg‘onliga yana bir misollardan biri shuki, Mahrez bundan 12 soat oldin Twitter’dagi sahifasiga “Bornmut” jamoasiga urgan golining videosini joylashtirgan.

Ma’lumot uchun, 2015/2016 yil mavsumida “Lester” bilan Angliya chempioni bo‘lgan aljirlik 27 yoshli futbolchi xizmatlariga yozda “Roma”, “Chelsi” va “Barselona” klublari qiziqish bildirishgan edi.

Shuningdek, “Manchester Siti” ham futbolchini sotib olish uchun jiddiy kurashdi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 13:37, 07.03.2018.
O'qildi: 5707 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик