Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino: "Biz ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo futbol - bu "loyiq edik"dan iborat emas"

Pochettino: "Biz ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo futbol - bu "loyiq edik"dan iborat emas"

Baho:
+ | -

"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YECHL 1/8 finalida "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng (1:2, birinchi o‘yin - 2:2) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uch minutdan kamroq vaqt ichida biz ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkita qo‘pol xato qilib, musobaqadan chiqib ketdik.

Har ikki o‘yinda ham ko‘prog‘iga loyiq edik. Men faxrni tuyyapman. Bugun fantastik futbol ko‘rsatdik va birinchi golgacha ustunlik qildik.

Albatta, ranjidik, ammo bu taraqqiyotning bir qismidir. Oldinga intilamiz, hafsalamiz pir bo‘lgani yo‘q.

Biz ko‘p vaziyatlar yaratdik va ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo futbol - "loyiq edik"dan iborat emas ko‘proq gol urib, gol o‘tkazmaslik kerak.

"Yuventus" darvozamizga ikki-uch marta yaqinlasha oldi, xolos. Ular mahoratli, shuning uchun raqib xato qilganida albatta gol uradilar", - deydi Pochettino.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:03, 08.03.2018.
O'qildi: 3830 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.