Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Viktor Kumikov: “AGMKga jasurlik yetishmadi”

Viktor Kumikov: “AGMKga jasurlik yetishmadi”

Baho:
+ | -

Superliga 2-turidan o‘rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi yakunlangach, AGMK jamoasi bosh murabbiyi o‘yin borasida o‘z fikrini aytib o‘tdi.

- Biz mag‘lubiyatga uchradik, raqib bugun g‘alabaga haqli edi. Biz esa kerakli natijaga erisha olmadik. Bilmadim nima bo‘ldi, balki uydagi ilk o‘yindir... Bu o‘yin bu yilgi o‘yinlarimiz ichida eng yomoni bo‘ldi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida, ilk turda  bu darajada mazmunsiz o‘yin o‘tkazmagandik.

"Bunyodkor" jamoasi bilan o‘tgan o‘yinni ko‘rgandim, ancha faol bo‘lgandi futbolchilar. Jamoangizga nima yetishmadi?

- Jasurlik va aniqlik yetishmadi.

"Navbahor" jamoasi haqida fikringiz.

- Raqib imkoniyat berilishini kutdi va boridan unumli foydalandi. Qarshi hujumlardan unumli foydalanishga harakat qildi. Yana gol urishlari mumkin edi. Biz hisobda ortda qolgach, oldinga o‘tishga majbur bo‘ldik. Birinchi taymda teng o‘yin bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi taymda ular faolroq bo‘lishdi. Shu sababli g‘alabaga haqli bo‘lishdi.

Mavsumda qanday vazifa qo‘yilgan?

- Hozircha birinchi bosqichda kuchli oltilikka kirish vazifa hisoblanadi. Mavsum endi boshlandi bor e’tiborni shunga qaratamiz.

Lutfulla To‘rayev: - O‘z maydonimizda birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Muxlislarga rahmat stadionga tashrif buyurganlari uchun. O‘yinimiz qovushmadi, so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib qo‘ydik. Futbolchilar bilan gaplashib oldik, keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Manba: www.fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 10:21, 09.03.2018.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик