Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bugun futbolchilarimiz haqiqiy xarakterini ko‘rsatishdi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bugun futbolchilarimiz haqiqiy xarakterini ko‘rsatishdi”

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "Buxoro" uchrashuvidan so‘ng (3:1) o‘tkazilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev savollarga javob berdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: Buxoro” jamoasida tajribali o‘yinchilar yig‘ilishgan, bugungi uchrashuvdan keyin jamoa oldiga bemalol chempionlik vazifasini qo‘ysa ham bo‘lar ekan degan, fikrga keldim. Jamoada yuqori tajribaga ega futbolchilar jam bo‘lgan. Ammo futbolchilarimizning bugungi ko‘rsatgan o‘yiniga alohida minnatdorchilik bildiraman, raqibga nisbatan tezroq o‘ynadik va fikrladik.

Bu orqali bugun biz ishonchli g‘alabaga erishdik. Guvoh bo‘ldilaringiz, futbolchilarimiz bugun o‘z xarakterini ham namoyish qilishdi. O‘sha birinchi goldan keyin ular tushkunlikka tushishmadi va oldinga borishdi. Natijada ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bu holat albatta murabbiylarni xursand qiladi. Yigitlarimizning o‘yinidan mamnunman. Ularga yana bir marta rahmat aytaman. Biz raqibni yaxshi o‘rgangan edik. Raqib futbolchilarini asabiylashishi uchun, futbolchilarimizning tezkor harakatlari ham sabab bo‘ldi. Biz bunga tayyor edik. Raqib qupol o‘ynaydimi yoki boshqachami, qo‘rqmasdan o‘ynash kerak. Boshqacha aytganda futbolchilarimizning ham endi yoshligi qolmadi. Ular har qanday raqib bilan munosib kurashishi kerak.

Dragan Cheran? Hujumchimiz ayni paytda uyda muolaja olayapti. Biz u bilan aloqada bo‘lib turibmiz. U ertaga Qatarda bo‘ladi va navbatdagi o‘yinga tayyor. Aslida uni tezroq maydonga qaytishi uchun yurtiga yuborgan edik. Chunki u yerda bu jarohatlarni tez davolaydigan mutaxasislar ko‘p. U bizga kerak, ketma-ket og‘ir o‘yinlarni o‘tkazayapmiz, u buni yaxshi anglab turibdi.

Doniyor Narzullayev? Doniyorga agar bugun ruxsat bersak, maydonga tushishga tayyor. Ammo u kerakli muolajalarni olishi kerak, shifokorlar shuni talab qilishayapti. O‘ylaymanki, u bir oylarda safimizga qaytadi. Afsuski, bo‘lajak o‘yin oldidan tarkibmizda yo‘qotishlar bor. Biz bu haqda chuqur o‘ylab rejalar tuzib qo‘ydik. Buni hozir ochiq ayta olmayman.

Jahongir Aliyev? Uni albatta maydonda ko‘rasizlar. Biz bu futbolchimizni xizmatidan hali ko‘p foydalanimiz, unga hali ko‘p imkoniyat beramiz. Bugun uning maydonga tushirilmaganiga sabab, taktikamiz boshqacharoq bo‘ldi. Shuning uchun Islom Kenjaboyevni maydonga tushirdik. Biz tarkibimizdagi barcha o‘yinchilarimizga imkon beramiz. Maydonga kamroq tushayotgan o‘yinchilarimiz borasida boshqacha fikrga bormasliklaringizni, so‘ragan bo‘lardim.

Bobir Davlatov? Bobirni yoshlarimiz terma jamoasida qanday o‘ynaganini bilasizlar. Bu futbolchimiz hozir jamoamizga moslashish jarayonini o‘tkazayapti. Bobir Davlatov ham jamoamizga hali ko‘p yordam beradi. Biz barcha futbolchilarimizga imkoniyat beramiz. Ular bunga tayyor turishlari kerak.

Manba: voha.uz
Kiritildi: 09:29, 10.03.2018.
O'qildi: 3034 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик