Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi

APL. «Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 30-turi doirasida «Arsenal» o‘z uyida «Uotford»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Mezbonlar bahsning 8-daqiqasida Mustafi tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Obameyang hisobdagi farqni oshirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib mehmonlar penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi, ammo Troy Dini 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalana olmadi.

Genrix Mxitaryan esa "Arsenal"ning uchinchi goliga mualliflik qilib, "kanonirlar"ning yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi. Ushbu g‘alabadan keyin Venger shogirdlari 48taga yetkazishdi. Jamoa 6-o‘rinda mustahkam joylashib olgan.

APL, 30-tur
Arsenal – Uotford 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 8 Mustafi, 2:0 – 59 Obameyang, 3:0 – 77 Mxitaryan.
Arsenal – Chex, Xolding, Mustafi (CHembers, 73), Kolashinas, Meytlend-Naylz, El-Nenni, Jaka, O‘zil, Mxitaryan (Uilsher, 78), Ivobi (Uelbek, 66), Obameyang.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Predl, Xolebas, Femeniya (Xyuz, 62), Pereyra (Okaka Chuka, 67), Kapu, Risharlison, Dukure, Yanmat (Britos, 80), Dini.
Ogohlantirishlar: Mustafi (55), Xolebas (66), Jaka (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:39, 11.03.2018.
O'qildi: 3755 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик