Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Husniddin G‘ofurov: «Jizzaxda o‘z imkoniyatlarimizni to‘liq namoyish eta olmadik»

Husniddin G‘ofurov: «Jizzaxda o‘z imkoniyatlarimizni to‘liq namoyish eta olmadik»

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turida “So‘g‘diyona” va “Neftchi” jamoalari nursiz durang o‘ynashdi. Uchrashuvdan so‘ng bahsni asosiy tarkibda boshlagan farg‘onaliklarning mohir himoyachisi Husniddin G‘ofurov “Neftchi” rasmiy saytiga intervyu berdi. G‘ofurov jizzaxliklarga qarshi bellashuv borasida munosabat bildirar ekan, mana shunday injiq ob-havo sharoitida ham jamoalarni qo‘llab-quvvatlab borgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

– Fikrim avvalida barcha muxlislarga rahmat aytib qolaman. Aytish kerakki, o‘yin vaqtida bo‘lgan qattiq shamol tufayli nafaqat to‘p surish, balki tribunada turib o‘yinni tomosha qilish ham mushkul sanaladi. Shunga qaramay, ishqibozlar uchrashuv yakuniga qadar futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab borishdi. Farg‘ona va Jizzax orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramay, Vodiydan ham ko‘plab “Neftchi” muxlislari 2-tur o‘yiniga yetib kelishdi. Muxlislarning daldasi futbolda juda muhim deb o‘ylayman.

– Husniddin, bu yil Superliga bahslari ancha qizg‘in va murosasiz ruhda kechmoqda. Shu qatori “So‘g‘diyona” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham yuqori suratda kechdi. Uchrashuv borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
– Joriy mavsumda xar bir o‘yindagi ochkolar juda qimmatli sanaladi. Aslida jamoa oldiga “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etish vazifasi qo‘yilgandi. Lekin, afsuski, bahsda gol kirita olmadik. Shu qatori bu vazifani raqib jamoa ham uddasidan chiqmadi. Lekin oz bo‘lsada, bir ochkoga ega chiqdik.

– Ob havoning injiqliklari ham natijaga ta’sir qildi.
– Shubhasiz! Kuchli shamol tufayli nafaqat biz balki “So‘g‘diyona” ham o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olmadi. Birinchi bo‘limda mezbonlar ko‘proq hujum qilgan bo‘lsa, navbatdagi taymda bizda vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Ochig‘i, menda to‘p darvozaga kirishni istamagandek tasavvur uyg‘ondi.

– Keyingi tur Farg‘onada bo‘ladi. Mazkur bellashuvda farg‘onalik muxlislar “Neftchi”dan ilk g‘alabani kutishlari aniq. To‘g‘rimi?
– Ha to‘g‘ri aytdingiz. Diqqat e’tiborimiz “Bunyodkor” bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qaratilgan. Biz har bir bahsda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa, uchinchi turda Farg‘ona ahlini xursand qilamiz.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 22:00, 11.03.2018.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик