Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Jezualdu Ferreyra: “Tarkibimizda jiddiy yo‘qotish bor”

Jezualdu Ferreyra: “Tarkibimizda jiddiy yo‘qotish bor”

Baho:
+ | -

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida mezbon jamoa ustozi Jezualdu Ferreyra va 11-raqamdagi hujumchisi Bag‘dod Baunedjaxlar ishtirok etishdi.

Jezualdu Ferreyra: - Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. O‘zbekistondagi o‘yindan so‘ng “Umm Salal”ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Ichki chempionatimizda bizga nisbatan kuchli bosim bor. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda “Umm Salal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilar xizmatidan foydalanmoqchimiz. “Nasaf”ni mag‘lub etishimiz uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Futbolda g‘alaba yoki mag‘lubiyat haqida oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Albatta ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Bu o‘yin Qarshidagi o‘yindan tubdan farq qiladi. Bu o‘yinda bizni imkonimiz ko‘proq, biz muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz. Takror aytaman bizga muxlislarning madadi juda zarur. Xavi ertaga maydonga tushishi mumkin. Ammo bu haqda aniq ayta olmayman. Afsuski, shuni aniq aytaman, ertaga bizga eronlik legionerimiz yordam bera olmaydi. Bu biz uchun katta yo‘qotish.

Bag‘dod Baunedjax: - Ertaga bo‘ladigan o‘yin har ikkala jamoa uchun ham muhim sanaladi. Shubhasiz ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Bizning bor e’tiborimiz shu o‘yinga qaratilgan, ham jismonan, ham ruhan ushbu o‘yinga tayyormiz. Milliy chempionatimizdagi sovrindan quruq qoldik. Endi bor e’tiborimizni OCHLga qaratishga majburmiz. Buni jamoadoshlarimiz kelishib oldik, oldimizda yagona yo‘l bu – “Nasaf”ni mag‘lub etish va navbatdagi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimizni oshirib olish.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 00:22, 13.03.2018.
O'qildi: 4706 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.