Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Paxtakor» futbol klubining Tribuna.uz saytiga javobi

«Paxtakor» futbol klubining Tribuna.uz saytiga javobi

Baho:
+ | -

Kuni kecha "tribuna.uz" saytida "Paxtakor" stadioniga talabalar majburan jalb etilayotgani haqida maqola e’lon qilindi.

Unda AGMKga qarshi 18 mart kuni o‘tishi kutilayotgan uchrashuvga oliy o‘quv yurti talabalari majburan jalb etilayotgani xususida yozilgan. Avvalo, klubimiz hayotiga oid har bir yangilik va jarayonni kuzatib borayotgani uchun "tribuna.uz" saytiga minnatdorchilik bildiramiz. Lekin, “Paxtakor” futbol klubi tomonidan o‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlar maqolada ochiqdan-ochiq noto‘g‘ri talqin qilinganligi klub ma’muriyatini hayron qoldirdi.

Maqolada qayd etilganidek, "Paxtakor" futbol klubi bellashuvga ko‘proq muxlislarni jalb etish va shu orqali futbolning ommaviyligini oshirish maqsadida haqiqatdan ham Oliy o‘quv yurtlariga murojaat qilib, talabalarni futbol o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kelishlari taklif qilingan. Ha-ha, aynan TAKLIF QILINGAN. Shu maqsadda, ularni qiziqtirish uchun chiptalarning bepul tarqatilishi, bo‘limlar orasida yutuqli lotereyalar o‘ynalishi tashkil qilingan. Bu haqda Oliy o‘quv yurtlariga yuborilgan xatlarda aniq yoritilgan bo‘lib, maqolada ham ushbu xatlar mazmuni e’tirof etilgan. Talabalarning futbol o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kelish ixtiyorlari o‘zlarida bo‘lib, ularni majburan stadionga olib kelish haqida na yozma, na og‘zaki hech qanday murojaat yoki biron-bir ko‘rsatma berilmagan.

Ta’kidlash joizki, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, o‘zbek futbolining ommaviyligini oshirish maqsadida ushbu tajriba klubimiz tomonidan avvaldan qo‘llanib kelinmoqda. Klub uchun bu aslida iqtisodiy jihatdan qo‘shimcha xarajat bo‘lsada, lekin ishqibozlarga qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, pirovardida o‘zbek futbolining jozibadorligini oshirish uchun bunday sa’y-harakatlar doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Qolaversa, muhtaram Yurtboshimiz o‘zbek futbolini rivojlantirish masalasiga shaxsan katta e’tibor berayotgan, o‘z navbatida, O‘FA va PFL Superligani kuchaytirish ustida foydali islohotlarni amalga oshirayotgan bir paytda, muxlislarni uchrashuvlarga ixtiyoriy jalb etish orqali o‘z chempionatimizga qiziqishni oshirish ayni muddao bo‘lib, bunda biron-bir salbiy hodisa ko‘zga tashlanmaydi. Shunday holatda, biron-bir asosga ega bo‘lmasdan turib, haqiqiy faktlarni noto‘g‘ri talqin qilishga urinish holatlari ajablanarli.

"Tribuna.uz" saytining mutasaddilari har qanday ma’lumotni o‘quvchilar ixtiyoriga yetkazish jarayonida bu ma’lumotlarning xolis va haqqoniyligi uchun mas’ul ekanliklarini unutmasalar, ayni muddao bo‘lar edi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:52, 16.03.2018.
O'qildi: 7081 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.