Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Do‘st kulfatda bilinadi: Turkiyalik futbolchi olti nafar do‘stining maoshini to‘lab berdi

Do‘st kulfatda bilinadi: Turkiyalik futbolchi olti nafar do‘stining maoshini to‘lab berdi

Baho:
+ | -

“Trabzonspor” hujumchisi Burak Yilmaz olti nafar klubdoshining oylik maoshini o‘z yonidan to‘ladi. Bu haqida Turkiyaning “Sondakika” nashri xabar bermoqda.

Unda yozilishicha, anchadan beri “Trabzonspor” klubi futbolchilariga maosh va mukofot pullarini bermayotgan ekan.

Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan legionerlar  bu haqda FIFA tashkilotiga murojaat qilishlarini bildirganida, turkiyalik hujumchi jamoadoshlarini to‘xtatib qolgan.

Ularga qancha mablag‘ keraligini so‘rab, o‘z kissasidan 240 ming yevro sanab bergan.  Ushbu futbolchilarning kimligi haqida Yilmaz ma’lumot berishni xohlamagan.

Shuningdek, u  “Trabzonspor”ning kolumbiyalik legioneri Fabinio Kastilioga ham “jamoamiz ustidan shikoyat etma. Hozircha sen uchun kerakli mablag‘ni berib turay. Qancha istaysan?”, deb so‘ragan. Kolumbiliya futbolchi esa Yilmazning taklifini rad etgan.

Darvoqe, buni qarangki, Xitoy chempionatidan Turkiyaga qaytib, “Trabzonspor” sharafini himoya qilayotganidan buyon Burak Yilmazning o‘zi ham haligacha maosh olmasdan futbol o‘ynamoqda.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 15:07, 17.03.2018.
O'qildi: 5015 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик