Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

La-Liga. «Real» - «Jirona» uchrashuvi prevyusi

La-Liga. «Real» - «Jirona» uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 29-tur doirasidagi o‘yinlarni "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadigan, "Real" - "Jirona" o‘yini yakun yasab beradi.

www.uzreport.news sayti bo‘lajak o‘yinga bag‘ishlangan qisqacha prevyuni e’tiboringizga havola etadi. 

Ispaniya chempionati, 29-tur

"Real Madrid" - "Jirona"

Hakam: Xesus Xil Mansano

Jamoalarning birinchi to‘qnashuvida jironaliklar "blankos" 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan. "Montilivi" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlangan edi. Pablo Machin shogirdlarining Madridga uyushtirgan so‘ngi tashriflarida esa "Atletiko" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Bir so‘z bilan aytganda La Liga debyutanti o‘ziga xos bir ertakka tushib qolgandek va bu ertakning yakunida esa "Jirona" futbolchilari kuchli yettilikda mavsumni yakunlashlarini ko‘pchilik xohlamoqda. Chunki bu Yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi pog‘onalardan biri.

Biroq ularning bugungi raqibi "Real" klubini esa bu bilan zarracha ishi yo‘q. Zinedin Zidan shogirdlari chempionlik poygasidan chiqib ketishgan bo‘lsada, kamida uchinchi pog‘onani o‘zlarida saqlab qolgan holda xalqaro maydonda ham sovrin yutishni o‘z oldilariga maqsad qilishgan. Kecha "Valensiya"ning g‘alabasidan keyin "qirollik klubi" vaqtinchaga yana to‘rtinchi pog‘onaga tushib qolishdi. Lekin madridliklar bu pog‘onani bugun qaytarib olishga harakat qilishadi.

Ustiga ustak, "Real" muxlislari birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun ham revansh olinishini bugun intizorlik bilan kutishmoqda.

QIZIQARLI MA’LUMOTLAR:

Jamoalarning birinchi rasmiy o‘yini 2017 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan;

Jirona La Liga doirasida bir mavsumda "Real"ni ikkita davrada ham mag‘lub etgan ikkinchi debyutant jamoaga aylanishi mumkin. Bunga qadar Real Burgos (1990/91) bunga muvaffaq bo‘lgan edi;

"Real" bu mavsus Kataloniya klublariga 4ta o‘yindan 3tasida mag‘lub bo‘ldi.Bunga qadar madridliklar bir mavsumda uzoq borsa faqat bitta o‘yinda taslim bo‘lishgan;

"Real" o‘z maydonidagi so‘ngi 4 o‘yinda g‘alaba qozondi va 19ta gol urdi. Bu o‘rtacha hisobda 4,75ta gol demakdir;

"Jirona" 284 daqiqadan beri gol o‘tkazmay kelmoqda. Bu ularning yuqori ligadagi shaxsiy rekordi hisoblanadi;

Bu mavsus standart vaziyatlardan "Real" 21ta, "Jirona" 18ta gol urdi. Bu La Ligada birinchi va ikkinchi natija;

Ronaldu qatorasiga uchta o‘yindan beri dubl qayd etib kelmoqda. 2018 yilda u 14ta gol urdi. Hech kim hali buncha gol urmagan;

Karim Benzema o‘zi maydonga tushgan o‘yinlarda 33ta klubdan 31tasiga gol urgan. Fransuz faqat "Leganes" va "Jirona"ga gol ura olmagan.

Portu - bu mavsum kuchli to‘rtlikdagi barcha jamoaga gol urgan yagona futbolchi;

Kristian Stuani bu mavsumda boshi bilan 7ta gol urdi. Bu futbolchilar orasida mazkur mavsumdagi eng yaxshi natija.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 22:49, 18.03.2018.
O'qildi: 2839 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.