Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 2-2 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem 2-1 Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe 1-1 Valensiya
27/10 21:30 Arsenal 2-2 Liverpul
27/10 22:00 Inter 4-4 Yuventus
27/10 22:30 Betis 1-0 Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya

Xenrik Larsson: «Terma murabbiyi bo‘lishga yoshlik qilaman

Xenrik Larsson: «Terma murabbiyi bo‘lishga yoshlik qilaman

Baho:
+1 | -

«Futbol» jurnali muxbiri Valeriy Prigorniskiy «Seltik» klubi hamda Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumichisi bilan qiziqarli suhbat uyushtirdi. Afsonaviy futbolchining fikr-mulohazalari sizni zeriktirib qo‘ymasligiga umid qilamiz.

- Xenrik, 1994 yilgi Shvesiya termasi shved futboli tarixidagi eng kuchli jamoa edimi?

- Uni 2002 yildagi tarkib bilan yonma-yon qo‘ygan bo‘lardim. Bu jamoa ham 8 yil avval qayd etilgan natijani takrorlashga qodir edi. Lekin har doim ham imkoniyatdan to‘liq foydalanishning iloji bo‘lavermaydi.

- Andrey Shevchenko YECHL finalida hal qiluvchi penaltini amalga oshirish arafasida xayolidan kechgan fikrni shunday ifodalagandi: «Birinchi vazifam - ikkilanmaslik!». JCH-1994 chorak finalida Ruminiya darvozasi tomon «nuqta»dan zarba berayotganingizda nimalarni o‘ylagansiz?

- Faqat bir fikr aylanardi: «Xenrik, noaniq zarbadan ehtiyot bo‘l!» Tomonlar beshtadan zarbani bajarib ulgurishgan, asablar tarang edi. «Duel»ning dastlabki xatogacha davom etishi hammaga ma’lum. Xayriyatki, hayajonni yengib, aniq zarba yo‘lladim.

Ravelli Bilodedichning zarbasini qaytargach, biz yarim finalga chiqdik. Otam o‘sha zarbamni faoliyatimdagi eng muhimi, deb hisoblaydi. Darqaqiqat, darvozani juda kuchli bosim ostida zabt etgandim.

- Ravellining fikricha, jamoaning yarim finaldagi mag‘lubiyatiga Braziliyaning ko‘proq dam olgani sabab bo‘lgan ekan. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Murakkab savol. Aslida, o‘zini oqlaganlarni xush ko‘rmayman. Tarkibida Romariodek ajoyib ijrochi bo‘lgan Braziliya termasi boshqa uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonayotgandi.

To‘g‘ri, dramatik chorak finaldan keyin bir kun ko‘proq dam olganimizda, o‘yinimiz yorqinroq bo‘lishi mumkin edi.

- Larsson, Ibragimovich va Lyunberg kabi afsonalar bilan maydonga tushgan jamoaga nima xalal bergan, deb o‘ylaysiz?

- Sabablar juda ko‘p. 2002 yili yuqoriroq natijaga loyiq edik. Jumladan, Senegal darvozasiga «oltin gol»ni urishga yaqin turgandik. Biroq Anders Svensson yuz foizlik imkoniyatni yo‘qqa chiqardi.

Agar bu to‘siqdan o‘ta olganimizda, bizni to‘xtatish qiyin bo‘lardi. Chunki Angliya, Argentina va Nigeriya joylashgan guruhdan birinchi o‘rin bilan «pley-off»ga chiqqandik.

- 2006 yili penaltidan Germaniya darvozasini zabt eta olmadingiz...

- Gol urganimda ham vaziyat o‘zgarmasdi. Chunki mezbonlar 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi. Boz ustiga, biz maydonda ozchilik bo‘lib qolgandik. Goldan so‘ng jamoamiz jonlanishi mumkin edi, lekin mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishning iloji topilmadi.

- JCH tarixida qaysi mundial sizda iliq taassurot qoldirgan?

- O‘ylab olishga ozgina vaqt bersangiz. 1978 yil Argentina mezbonlik qilgan JCH. U hayotimdagi dastlabki mundial bo‘lgan. Bu kabi musobaqalar doimo yorqin taassurot qoldiradi.

Baxtimga o‘yinlar murosasiz bahslarga boy kechgan. Mario Kempesning «dubl»i va Daniel Bertonining goli evaziga Argentina shohsupadan joy olgandi.

- Rossiya mundialida Shvesiya termasidan qanday natija kutyapsiz? Jamoa jiddiyroq ko‘rsatkichga erisha oladimi?

- Menimcha, yuksak natijani qayd etishga qodir. Tarkibda mashhur yulduzlar yo‘q, lekin yangi bosh murabbiy Yanne Andersson barcha pozisiyalarga saviyali o‘yinchilarni topib, ahil jamoa shakllantirgan. Termamiz yuksak e’tiborga loyiq.

U Fransiya va Gollandiya bilan bir guruhdan joy olib, to‘qnash bahsiga chiqdi. Yo‘llanmani esa Italiyadan tortib oldi. Bu oson ish emas. Shu bois, bo‘lajak mundialni sabrsizlik bilan kutyapman, jamoamizdan umidim katta.

- Nima deb o‘ylaysiz, agar Daniya Yevro-2004da Shvesiyani 2:1 hisobida yengganida (jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynab, keyingi bosqichga chiqishgach, Italiya guruhda qolib ketgandi), bu ikki mamlakat hozirgacha ashaddiy dushman bo‘lib qolarmidi?

- Unda otam menga shunday o‘shqirgan bo‘lardi: «Sen endi shved emassan!»

- Eshitishimcha, Daniya va Shvesiyada ajoyib latifa to‘qilgan ekan: «Agar bu jamoalar o‘rtasidagi bahs qiziqarli, murosasiz va xotiradan o‘chmas iz qoldirishini istasangiz, hakamlikka norvegiyalik referini tayinlang!».

- Ha, bu chindan ham juda ajoyib va mashhur hazil (kuladi).

- Sizning Yevro-2004da Bolgariya darvozasiga urgan golingiz musobaqaning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etilgandi. Bundan-da chiroyliroq golingiz bo‘lganmi?

- Albatta, JCH-94da ham Bolgariya darvozasini zabt etganman. Ularning qaysi biri chiroyli ekanini aniqlash har kimning o‘z didiga havola.

- JCH-2014da Robin Van Persi sizning shedevr golingizni takrorladi. Lekin baribir, asl nusxa ko‘chirmadan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi. Shunday emasmi?

- Siz haqsiz! Boz ustiga, o‘sha golni amalga oshirish van Persidan ko‘ra menga qiyinroq bo‘lgandi. Chunki men kuchli bosim ostida turgandim.

- Hayotingiz davomida o‘zingiz guvoh bo‘lgan eng chiroyli gol qaysi?

- Marko van Bastenning Yevro-1988 finalidagi goli (Gollandiya - Rossiya - 2:0).

- Qaysi hujumchida golni his etish qobiliyati kuchliroq?

- Lionel Messida. O‘tmish yulduzlari orasida - Peleda.

- Maydonda sizni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushunadigan futbolchi kim bo‘lgan?

- «Seltik»dagi Kris Sattonni ideal hamkorim, deb bilaman.

- Qachon Shvesiya terma jamoasini murabbiy sifatida qabul qilasiz?

- Ushbu voqea yaqin kelajakda yuz bermasligi aniq. Bu borada orzu qilishni ham istamayman. Chunki hali juda yoshman. Menimcha, bosh jamoani tajribali mutaxassis boshqarishi lozim.

- Hozirda qanday yumushlar bilan bandsiz?

- Bekorchiman. To‘g‘ri, qo‘limda bir nechta takliflar mavjud. Ammo ular men istaganimdek emas. Xullas, o‘zimni qoniqtiradigan variantni kutyapman.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:52, 19.03.2018.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.