Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

Anri Ronalduni JCHdagi o‘yini uchun tanqid qildi

Anri Ronalduni JCHdagi o‘yini uchun tanqid qildi

Baho:
+2 | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya — Kongo DR (1:1) uchrashuvida portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning harakatlarini tanqid qildi. Anri hujumchiga jamoa manfaatlari shaxsiy harakatlardan ustun turishini eslatib o‘tdi.

«Eng muhimi — shuni tushunish kerak. Uyidan turib o‘yinlarni tomosha qilayotgan muxlislar! Gol jamoa foydasi uchun urilmog‘i lozim, shaxsiy statistika uchun emas. Tushuntiraman. Krishtianu bunday vaziyatlarga bir necha bor tushgan. Agar u darvoza tomon tezlik bilan ochilganida, himoyachi tanlov qilishga majbur bo‘lardi. Ammo Ronalduning o‘zi gol urish istagi tufayli u Brunu Fernandeshning harakat yo‘lini to‘sib qo‘ydi va darvozabon maydoniga yorib kirmadi.

Bunday holatda himoyachiga himoyalanish osonroq bo‘ladi, chunki unga ikki o‘yinchi o‘rtasida tanlov qilishga to‘g‘ri kelmaydi. Gol jamoa uchun urilmog‘i kerak, faqat sen uchun emas. Brununing bu holatga qanday munosabat bildirganini o‘zingiz ham ko‘rdingiz», — dedi Anri Fox Sports efirida.

Bu fikrlarga Portugaliya terma jamoasi o‘yinidagi bir epizod sabab bo‘ldi. Unda jamoa sardori Ronaldu qulay vaziyatda turgan holda Kongo DR darvozasiga zarba berishni ma’qul ko‘rdi, ammo nishonni aniqlay olmadi. Anrining fikricha, mazkur vaziyatda Ronaldu to‘pni yarim himoyachi Brunu Fernandeshga o‘tkazib yuborishi kerak edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:20, 18.06.2026.
O'qildi: 4223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик