Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya 1-0 Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona 1-0 Osasuna
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

Bu juda ayanchli, do‘stlar!

Bu juda ayanchli, do‘stlar!

Baho:
+ | -

«Aprel so‘ngida qarorimni klubga aytaman. Keyin sizlar bilib olasiz. Yo ketaman yoki qolaman.»

Inyestaning bu so‘zlari kataloniyaliklarning qalblariga urilgan xanjardek bo‘ldi. Bu bo‘rttirish emas. «Chelsi» ustidan erishilgan g‘alaba ham ularga tatimagandek tuyildi, hatto. Har doimgi tabrik so‘zlarini eshitishga odatlangan muxlislar bir muddat jim bo‘lib qolishdi.

Inyesta bir necha oy oldin «Barselona» bilan bir umrlik shartnoma imzolagan edi. Unda bir band bor: U o‘zi xohlagan payti ketishi mumkin. Hech kim bu bandning bunchalik tez ishga tushishini kutmagani aniq. U aprel so‘ngida taqdirini hal qiladi.

Kataloniyada uning uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. U bundan yaxshiroq holatni hech qayerda topa olmaydi. Inyesta futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan barcha yutuqqa aynan «Nou Kamp»da erishdi. Hozir ham u Yevropaning top klublarida o‘z faoliyatini davom ettirish niyatida emas.

Inyesta chekka bir qishloqda dunyoga kelgan. 12 yoshida u yerni tark etgan. Jahon yulduzi bo‘lib yetishgach, qishlog‘ini tanitishga ko‘maklashgan. Hozirda esa u Kataloniyani o‘z uyi deb biladi: «Men bu yerda juda ko‘p vaqtdan beri yashayapman. Oilam ham shu yerda. Men Kataloniyalikman» Inyesta kataloncha bemalol so‘zlasha oladi. U bu yerni juda ham sevadi.

Nega ketmoqchi? Iniyestaning «Barselona»dan ketishi bu uning uchun katta o‘zgarish. Butun hayoti jamoa bilan bog‘liq. Ammo u o‘zini oldingidek kuchli his qilmayapti. Ba’zi uchrashuvlarda maydonga tusha olmayapti. O‘z formasida o‘ynay olishi uchun ko‘proq dam olishga majbur bo‘lmoqda. Shunga qaramay, Inyesta «Barselona»ning bu yilgi natijalarida ham asosiy ishni qilayotgan shaxsga aylanmoqda. U ketish qaroriga kelsa bunga sabab, uning oxirgi «oltin shartnoma»sini imzolash va o‘z klubi uchun moliyaviy katta yordam berish niyati bo‘lishi mumkin.

«Atletik» bilan o‘yinda maydonni tark etayotgan «super yulduz»ni muxlislar turib olqishlashdi va «Qolgin, biz seni sevamiz» deb kuylashdi. Turli boshqa variantlar bo‘lishiga qaramay, maydon markazida uning o‘rni haligacha o‘zgacha.

«Barselona» uning o‘rniga Koutinyoni tushiradi. Boshqa yo‘llarni va turli o‘yin uslublarini o‘ylab topishi aniq. Ammo…

Davomi Futbol olami blogida

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:53, 22.03.2018.
O'qildi: 15443 marta.
Fikrlar: 95 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.