Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozabonining 5 yashar farzandi vafot etdi

Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozabonining 5 yashar farzandi vafot etdi

Baho:
+ | -

«Real», «Valensiya» va Ispaniya terma jamoalari sobiq darvozaboni Santyago Kanisares o‘g‘lidan ayrildi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

5 yoshli Santi so‘nggi bir yarim yil davomida og‘ir kasallik bilan kurashib keldi. Bir necha hafta muqaddam uning holati o‘ta og‘irlashgani haqida ma’lumotlar chiqqandi.

«O‘g‘lim Santi vafot etdi. Shu kungacha yaxshi tilaklar bildirib, qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman va o‘ylaymanki, shu sababdan ham bu xabarni sizga yetkazishimiz kerak deb hisobladim», – deb yozgan Kanisares.

Santi Kanisaresning uch farzandidan biri edi. Uni 2013 yilda Kanisaresning sobiq turmush o‘rtog‘i Mayte Garsiya dunyoga keltirgan. Sobiq oilaning shuningdek Sofiya ismli qizi ham bor.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 15:14, 24.03.2018.
O'qildi: 5177 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик