Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

PFL hamda MTRK o‘zaro kelishib, Superliga taqvimini o‘zgartirdi

PFL hamda MTRK o‘zaro kelishib, Superliga taqvimini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi taqvimidagi birinchi o‘zgarish FIFA kunlari sabab ro‘y berdi. Milliy terma jamoa murabbiylari shtabi “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” klublaridan uch nafardan ziyod futbolchini Marokashga olib ketgach, mazkur jamoalar Reglamentda ko‘rsatilgani bo‘yicha o‘yinlar vaqtini o‘zgartirishni so‘rab, PFLga murojaat qilishdi.

To‘g‘ri, Marokashga qarshi bellashuv bo‘lib o‘tishi dekabr oyidayoq ma’lum bo‘lib ulgurgandi. Ammo unda milliy terma jamoa murabbiylar shtabi terma tarkibiga qaysi klubdan kimlarni jalb etishi ma’lum emasdi. PFL esa murabbiylar nomidan ish tutib, taxminiy taqvimni tuzib chiqa olmaydi.

Keyinroq O‘FA Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini masalasida ham kelishuvga erishdi. Ungacha esa may oyida JCH-2018 ning yana bir ishtirokchisi Eronga qarshi uchrashuv o‘tkazish hal etilgandi. Mazkur o‘yinlar FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaydi. Demak, taqvimda o‘zgartirish qilishga ehtiyoj bor.

Bunda bir jihatga e’tiborni qaratish lozim. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha kelishuvga erishgan raqiblarning barchasi Rossiya mundialida ishtirok etadi. Ularga qarshi o‘yinlar birinchi galda futbolchilarga mahorat  maktabi vazifasini o‘tab beradi. Qolaversa, O‘FAning xalqaro maydondagi imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, taqvimdagi o‘zgarishlarni OAV hamda futbol muxlislari to‘g‘ri tushunishlarini istardik.

2019 yilgi mavsumda Osiyo Kubogi, Osiyo o‘yinlari, Jahon chempionati kabi musobaqalar taqvimga ta’sir o‘tkazmaydi.  PFL 2018 yilgi taqvimni tuzishda JCH-2018 uchrashuvlarini intizor kutayotgan o‘zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklarini birinchi planga olib chiqqan hamda Superliga o‘yinlarini bu vaqtda parallel o‘tkazmaslik borasida qaror chiqargan. Yuqoridagi musobaqalar rejaga ta’sir o‘tkazmaydigan 2019 yilda esa O‘FA ham o‘rtoqlik uchrashuvlarini FIFA kunlariga belgilash yo‘lida ish olib boradi. Natijada PFL ham barcha jihatlarni oldindan inobatga olib, taqvim o‘zgarmasligi uchun intiladi.

Quyidagi taqvim o‘zgarishlarida Urugvay hamda Eronga qarshi o‘yinlar inobatga olindi. Shuningdek, O‘zbekiston Kubogining formati o‘zgarayotgani ham taqvimda o‘z ifodasini topdi (bu haqda biroz keyinroq to‘liq ma’lumot beriladi). Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarning uchrashuvlari va Superliga markaziy o‘yinlarining iloji boricha yaxshiroq kun va soatlarga belgilanishi masalasi qayta ko‘rib chiqildi.

Va albatta, “Sport” telekanali hamda MTRK rahbariyatining takliflari ham taqvim o‘zgarishida inobatga olindi. 2018 yilgi mavsumdan boshlab “Sport” telekanali Superliganing barcha o‘yinlarini jonli ko‘rsatishga harakat qilyapti. Biroq taqvimdagi zichlik sabab ba’zi tur bellashuvlari ikki kunda o‘tishi ko‘rsatilgandi. Yangi taqvimda shunday turlar nisbatan kamaytirildi. Shuningdek, telekanal ij rejasiga halal berishi mumkin bo‘lgan jihatlar ham inobatga olindi. Endilikda Buxoro va Navoiy, shuningdek, vodiy klublari ishtirokidagi uchrashuvlar bir kunga to‘g‘ri kelmaydi. Bu jihat uchrashuvlar translyasiyasi masalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

PFL hamda O‘FA futbol birinchi galda muxlislar uchun o‘ynalishi kerak deb hisoblaydi hamda ular uchun qulaylik tug‘diradigan ishlarni amalga oshirishda davom etadi.

Superliganing o‘zgartirish kiritilgan taqvimi:

2 aprel (dushanba).  OCHL.

“Nasaf” – “Persepolis” (Eron)

3 aprel (seshanba). OCHL.

“Al-Vaxda” (BAA) – “Lokomotiv”

5-tur

5 aprel (payshanba)

«Neftchi»  – «AGMK»                    18:00

«Qizilqum»  – «Bunyodkor»           20:00 

6 aprel (juma)

«Metallurg»  – «So‘g‘diyona»          18:00

«Buxoro» – «Paxtakor»                 20:00

7 aprel (shanba)

«Lokomotiv»  – «Qo‘qon-1912»      18:00

«Navbahor»   – «Nasaf»                 20:00

6-tur

11 aprel (chorshanba)

«So‘g‘diyona» – «Navbahor»             18:00 

«Bunyodkor»  – «Metallurg»          18:00

«Nasaf» – «Lokomotiv»               20:00

12 aprel (payshanba)

AGMK – «Qo‘qon-1912»                  18:00

«Paxtakor»  – «Qizilqum»           18:00

«Neftchi»  – «Buxoro»                   20:00

15-16 aprel

O‘zbekiston Kubogi. 1/16 final.

16 aprel (dushanba). OCHL.

“Al-Vasl” (BAA) – “Nasaf”

17 aprel (seshanba). OCHL.

“Lokomotiv” – “Zobaxan” (Eron)

7-tur

19 aprel (payshanba)

«Buxoro» – AGMK

«Metallurg» – «Paxtakor» 

20 aprel (juma)

«Qizilqum» – «Neftchi» 

«Navbahor» – «Bunyodkor» 

21 aprel (shanba)

«Lokomotiv» – «So‘g‘diyona»

«Qo‘qon-1912» – «Nasaf»

8-tur

24 aprel (seshanba)

«Neftchi»  – «Metallurg» 

«Buxoro» – «Qizilqum» 

25 aprel (chorshanba)

«Paxtakor»  – «Navbahor»  

«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912»

26 aprel (payshanba)

AGMK – «Nasaf»

«Bunyodkor»  – «Lokomotiv» 

9-tur

29 aprel (yakshanba)

«Navbahor»   – «Neftchi» 

«Qizilqum»  – AGMK

«Lokomotiv»  – «Paxtakor» 

30 aprel (dushanba)

«Nasaf» – «So‘g‘diyona»

«Qo‘qon-1912» – «Bunyodkor» 

«Metallurg»  – «Buxoro»

10-tur

4 may (juma)

«Bunyodkor»  – «Nasaf»

«Neftchi»  – «Lokomotiv» 

5 may (shanba)

«Qizilqum»  – «Metallurg» 

«Buxoro» – «Navbahor»  

6 may (yakshanba)

«Paxtakor»  – «Qo‘qon-1912»

AGMK – «So‘g‘diyona»

7,8,9 may. OCHL. 1/8 final.Dastlabki uchrashuvlar.

11-tur

10 may (payshanba)

«Lokomotiv»  – «Buxoro»

«Metallurg»  – AGMK

11 may (juma)

«Qo‘qon-1912» – «Neftchi» 

«Nasaf» – «Paxtakor» 

12 may (shanba)

«Navbahor»   – «Qizilqum» 

«So‘g‘diyona» – «Bunyodkor»

14, 15, 16 may. OCHL 1/8 final. Javob uchrashuvlari.

17 may (payshanba).

O‘rtoqlik uchrashuvi. Eron - O‘zbekiston

IKKINCHI DAVRA

12-tur

20 may (yakshanba)

«Nasaf» – «Neftchi» 

AGMK – «Bunyodkor»

21 may (dushanba)

«So‘g‘diyona» – «Paxtakor» 

«Qo‘qon-1912» – «Buxoro»

22 may (seshanba)

«Lokomotiv»  – «Qizilqum» 

«Navbahor»   – «Metallurg»

13-tur

25 may (juma)

«Buxoro» – «Nasaf»

«Neftchi»  – «So‘g‘diyona»

«Paxtakor»  – «Bunyodkor»

26 may (shanba)

«Navbahor»   – AGMK

«Metallurg»  – «Lokomotiv» 

«Qizilqum»  – «Qo‘qon-1912»

29-30 may.

O‘zbekiston Kubogi. 1/8 final.

14-tur

2 iyun (shanba)

«Lokomotiv»  – «Navbahor»    

AGMK – «Paxtakor»

«So‘g‘diyona» – «Buxoro»

3 iyun (yakshanba)

«Nasaf» – «Qizilqum» 

«Qo‘qon-1912» – «Metallurg» 

«Bunyodkor»  – «Neftchi» 

7 iyun (payshanba)

O‘rtoqlik uchrashuvi. Urugvay - O‘zbekiston

15-tur

10 iyun (yakshanba)

«Buxoro» – «Bunyodkor» 

«Navbahor»   – «Qo‘qon-1912»

11 iyun (dushanba)

«Qizilqum»  – «So‘g‘diyona»

«Neftchi»  – «Paxtakor»

12 iyun (seshanba)

«Lokomotiv»  – AGMK

«Metallurg»  – «Nasaf»

14 iyun – 7 iyul.  JCH-2018.

16-tur

8 iyul (yakshanba)

AGMK – «Neftchi» 

«Paxtakor»  – «Buxoro»

«Nasaf» – «Navbahor»  

9 iyul (dushanba)

«So‘g‘diyona» – «Metallurg» 

«Bunyodkor»  – «Qizilqum» 

«Qo‘qon-1912» – «Lokomotiv»

10-11 iyul. JCH-2018

12-13 iyul

O‘zbekiston Kubogi. 1/4 final

14-15 iyul. JCH-2018

17-tur

17 iyul (seshanba)

«Qo‘qon-1912» – AGMK

«Lokomotiv»  – «Nasaf»

«Qizilqum»  – «Paxtakor» 

18 iyul (chorshanba)

«Metallurg»  – «Bunyodkor» 

«Buxoro» – «Neftchi»

«Navbahor»   – «So‘g‘diyona»

22-23 iyul

O‘zbekisoton Kubogi.  Yarim final. Dastlabki uchrashuvlar.

18-tur

27 iyul (juma)

AGMK – «Buxoro»

«Bunyodkor»  – «Navbahor»  

28 iyul (shanba)

«So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 

«Nasaf» – «Qo‘qon-1912» 

29 iyul (yakshanba)

«Neftchi»  – «Qizilqum» 

«Paxtakor»  – «Metallurg» 

19-tur

3 avgust (juma)

«Nasaf» – AGMK

«Lokomotiv»  – «Bunyodkor» 

4 avgust (shanba)

«Qo‘qon-1912» – «So‘g‘diyona»

«Qizilqum»  – «Buxoro»

5 avgust (yakshanba)

«Navbahor»   – «Paxtakor» 

«Metallurg»  – «Neftchi» 

8-9 avgust.

O‘zbekiston Kubogi. Yarim final. Javob  uchrashuvlari.

20-tur

12 avgust (yakshanba)

AGMK – «Qizilqum» 

«Paxtakor»  – «Lokomotiv» 

13 avgust (dushanba)

«Neftchi»  – «Navbahor»  

«Bunyodkor»  – «Qo‘qon-1912»

14 avgust (seshanba)

«Buxoro» – «Metallurg» 

«So‘g‘diyona» – «Nasaf»

21-tur

17 avgust (juma)

«Lokomotiv»  – «Neftchi» 

«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» 

18 avgust (shanba)

«Navbahor»   – «Buxoro»

«Metallurg»  – «Qizilqum»  

19 avgust (yakshanba)

«So‘g‘diyona» – AGMK

«Nasaf» – «Bunyodkor» 

22-tur

24 avgust (juma)

«Buxoro» – «Lokomotiv» 

«Neftchi»  – «Qo‘qon-1912»

25 avgust (shanba)

«Paxtakor»  – «Nasaf»

AGMK – «Metallurg» 

26 avgust (yakshanba)

«Qizilqum»  – «Navbahor»  

«Bunyodkor»  – «So‘g‘diyona» 

27, 28, 29 avgust.  OCHL. Chorak final

30 avgust (payshanba)         

Zaxira kun

4-turdan qoldirilgan AGMK – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv muddati keyinroq ma’lum qilinadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:18, 24.03.2018.
O'qildi: 4818 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.