Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

“Sug‘diyona” ayollar jamoasi ilk bor xalqaro uchrashuvda maydonga tushdi

“Sug‘diyona” ayollar jamoasi ilk bor xalqaro uchrashuvda maydonga tushdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlki ko‘rayotgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi kecha o‘z maydonida ilk bor xalqaro o‘yinda maydonga tushdi. Qo‘shni Qozog‘iston davlatidan tashrif buyurgan va mamlakat ayollar chempionati oliy ligasining yetakchilaridan hisoblangan “Oqjetpes” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytda - qozog‘istonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Aslida Yevropa futboli havosini olgan tajribali raqib bilan tengma-teng kurash olib borgan jamoa a’zolari tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirganligi bor gap. Urashuvning 3 daqiqasidayoq o‘z darvozasidan gol o‘tkazganiga qaramay, jizzaxlik qizlar raqibga tashabbusni bermaslikka intilishdi.

Birinchi bo‘lim davomida asosan raqib xujumlarini bartaraf etish  va to‘p nazoratini o‘zida saqlashga intilgan Sherali Boboqulov shogirdlari ikkinchi bo‘limda o‘zgacha o‘yin ko‘rsatishdi. Qanotlar va markazdan xujumlar tashkil etildi. Bir necha marotaba jarima zarbalari orqali raqib  darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Ammo tajriba yana o‘z so‘zini aytdi. Qozog‘istonliklar 68-daqiqada ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Asosan 19-23 yoshgacha bo‘lgan mahalliy futbolchilardan iborat “So‘g‘diyona” kuchli legionerlarni tarkibda jamlagan raqibga qarshi mardonavor o‘yin ko‘rsatdi...

«So‘g‘diyona» - «Oqjetpes» (Qozog‘iston) - 0:2

Hakamlar:  Muzaffar Fayzullayev, Kattabek Abdurahimov, Feruzbek G‘aniyev.

Gollar: Olga Osipyan (3), Zarina Shmit (68).

Ogohlantirish: Shaxlo Qodirova (19).

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:13, 24.03.2018.
O'qildi: 2806 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.