"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger oxirgi vaqtlarda uning yoshiga ko‘p e’tibor qaratailayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Londonliklar fransiyalik 68 yoshli mutaxassis qo‘l ostida oxirgi marta 14 yil avval Angliya chempioni bo‘lgan edilar.
"Yoshing o‘tgan sari klubga foydang tegishi haqida o‘ylaysan va qolgan narsalarga e’tibor bermaysan. Yoshing o‘tgan sari qarilik haqida gap eshitaverasan.
Natijalar qoniqarli emasligiga qo‘shilaman, ma’suliyatni his qilish kerak. Ammo klubda uzoq yillar ishlayotganing va yoshingni eslataverishlarini qabul qilish juda qiyin.
Qolgan hama narsaga ko‘nikishga majburman, chunki kasbim ommaviy, men natija ko‘rsatishim kerak. Menga natijalar tufayli baho berishadi.
Birinchi o‘rinda klub uchun qilgan xizmatlar turadi, deb hisoblasam va faoliyatimni yakunlaganimda oxirgi o‘yin uchun emas, xizmatlarim uchun katta olqish bilan kuzatadilar deb o‘ylasam - juda ishonuvchan bo‘lib ko‘rinsam kerak", - deydi Venger.