“Liverpul” ustozi Yurgen Kloppning agenti mijozining “Bavariya”ni boshqarishi ehtimoli haqida gapirdi.
“Kloppning 2022 yilgacha shartnomasi bor, ammo u faoliyatini “Liverpul”da yakunlaydi deb o‘ylamayman. “Bavariya” ayni damda murabbiy izlamoqda, ammo Kloppning shartnomasi bor, u boshqa jamoalar haqida o‘ylayotgani yo‘q. Klopp — “Bavariya” uchun ajoyib variant, bu o‘zi uchun ham yaxshi bosqich, ammo hozircha Yurgenda bunday variant yo‘q”, dedi agent.