Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Bugun Superliganing 4-tur o‘yinlariga start beriladi

Bugun Superliganing 4-tur o‘yinlariga start beriladi

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Turning ilk o‘yini Jizzaxda "So‘g‘diyona" va "Qizilqum" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mavsum avvalida qiyinchiliklarga duch kelayotgan klublar hali biror marta ham g‘alaba qozona olishmadi. Jizzaxliklar hisobida 1 ochko mavjud bo‘lsa, navoiyliklar hali o‘z hisoblariga ochko yozdirib qo‘ya olishganicha yo‘q. Shu sababli ham bu ikki klub turnir jadvalida eng quyi pog‘onalarni band etib turishibdi.

4-tur.
29 mart.
18:00 - “So‘g‘diyona” – “Qizilqum”
Hakamlar: A. Risqullayev (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), F. Yansupov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent)
Komissar: B. Aripov

Prevyu

O‘TGAN  MAVSUMDA
Birinchi davra 6-turida “So‘g‘diyona” mehmonda “Qizilqum”ga  qarshi bahs olib borgan.  Ushbu bahsning 27 daqiqasida Sanjar Rashidov hisobni ochgan edi. 52 daqiqada Ilxom Yunusov penaltidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa o‘yinda durang natija qayd etilgan edi.
Ikkinchi davra 21-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi. Bahsning 54 daqiqasida Sanjar Rashidov hisobni ochgan bo‘lsa, 73 daqiqada Akrom Baxriddinov hisobni tenglashtirdi.

O‘ZARO USTUNLIK
“So‘g‘diyona” hamda “Qizilqum”  klublari oliy ligada shu kungacha 28 bor kuch sinashishgan.“So‘g‘diyona” hisobida 7 ta, “Qizilqum” hisobida 14 ta g‘alaba mavjud. 7 o‘yinda  durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik  navoiyliklar tomonida:  25:36. “So‘g‘diyona”  o‘zaro o‘yinlarda 28 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa , “Qizilqum” 49 ochkoni qo‘lga qiritgan.  “So‘g‘diyona”ning eng yirik g‘alabasi 4:1, “Qizilqum”ning eng yirik muvaffaqiyati  ham 4:1.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:

16.09.2017 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 1:1
01.07.2016 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 1:1
02.08.2015 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 4:1
07.11.2014  «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 1:0
17.08.2013 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 2:1
19.03.2011 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 0:2
19.08.2009 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum»0:1
10.05.2008 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 2:0
29.08.2006 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum»0:2
12.06.2005 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 0:0
03.05.2004 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum»2:0
22.06.2002 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum»1:2
01.10.2001 «So‘g‘diyona» – «Qizilqum »1:0
01.06.2000  «So‘g‘diyona» -«Qizilqum»2:0

O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 14 ta o‘yindan 7 tasida “So‘g‘diyona”, 4 tasida “Qizilqum” g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

O‘YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 28 mart kuni soat  15:00 da “G‘allaorol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 29 mart kuni 18:00 da “So‘g‘diyona” stadionida o‘tkaziladi. 

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 10:21, 29.03.2018.
O'qildi: 4317 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик