Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

FIFA JCH-2018da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi, Ravshan Ermatov ular orasida

FIFA JCH-2018da ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi, Ravshan Ermatov ular orasida

Baho:
+ | -1

FIFAning Hakamlar qo‘mitasi JCH-2018da ishlaydigan 36 nafar bosh hakam va 63 nafar yon hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatda Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar ham bor.

Jami hakamlar 46ta turli xil mamlakatlardan Jahon chempionati o‘yinlarida ishlashga taklif qilingan. Ravshan Ermatovdan tashqari Osiyodan Fahad Al-Mirdasi (S.Arabistoni), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Muhammad Abdulla (BAA), Ryuji Sato (YAponiya) va Navof Shukrullo (Bahrayn) JCH-2018ga taklif qilingan.

Rossiyadagi mundialda ishlash uchun FIFA tomonidan chaqirilgan hakamlarning to‘liq ro‘yxati bilan mana bu havola orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarida hakamlik qilish bo‘yicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi. U 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o‘yinda bosh hakamlik qilgan. Endilikda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda ham Ravshan Ermatov hakamlik qiladigan bo‘lsa, uning rekordini yaqin orada hech kim yangilay olmasligi aniq.

Ravshan Ermatov hakamlik borasida erishgan yuksak natijalari va yurtimizni dunyoga tanitishdagi hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari va “O‘zbekiston iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:29, 29.03.2018.
O'qildi: 13468 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.