Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Umid Ahmadjonov o‘zbek futbolining 105 yillik tantanasida ishtirok etish uchun Qo‘qon shahriga tashrif buyuradi

Umid Ahmadjonov o‘zbek futbolining 105 yillik tantanasida ishtirok etish uchun Qo‘qon shahriga tashrif buyuradi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mana bir necha kundirki, o‘zbek futboli vatani bo‘lmish Qo‘qonda futbol bayrami hukmronlik qilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan o‘zbek futbolining 105 yilligini keng nishonlash, o‘zbek futbolining tamal toshi qo‘yilgan Qo‘qon shahrida yangi stadion barpo etish to‘g‘risidagi qarorlari qo‘qonlik minglab futbol ixlosmandlarini quvontirgani bor gap. Ular buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor etishdan charchashmayapti.

Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingoh bugungi kunga kelib barchaning havasini keltiruvchi darajada ta’mirlandi. Yangi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi ham zamonaviy ko‘rinishga ega stadionda to‘p suradi. Qo‘qonlik futbol muxlislari yangi mavsum ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Nihoyat ular orziqib kutgan kunlar yaqin.

Ertaga, 31 mart kuni o‘zbek futboli vatani hisoblanadigan Qo‘qon shahridagi  “Markaziy” stadionda 2018 yilgi mavsumning ochilish marosimi tashkil etiladi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, mamlakat futbol assosiasiyasi  birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi.

Ayni damda ochilish marosimini yuqori darajada o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ertaga “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tadigan tadbir o‘ziga xosligi bilan ajaralib turadi hamda muxlislar uchun unutilmas onlarni taqdim etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  Bu uchrashuvni bayramona tarzda o‘tkazish uchun stadionda juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Marosimning birinchi qismida bundan 105 yil oldin O‘zbekistonga futbol qanday kirib kelgani, uning asoschilari kimlar bo‘lgani tug‘risidagi sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga ko‘rsatib beriladi.

Bundan tashqari, estradamiz yulduzlari o‘z chiqishlari bilan futbol ishqibozlarini xursand etishga bel bog‘lashgan. Muxlislarimiz uchun teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etiladi.

Ertaga katta futbolni sog‘ingan muxlislar uchun haqiqiy bayrami bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi ta’mirdan chiqarilgan "Markaziy" stadionda, muxlislar uchun juda katta bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:35, 30.03.2018.
O'qildi: 2828 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.